19:11 / 27.04.2020
6 099

Rossiya va boshqa ayrim davlatlarda koronavirus pandemiyasi tugashining aniq sanasi ma’lum qilindi

Rossiya va boshqa ayrim davlatlarda koronavirus pandemiyasi tugashining aniq sanasi ma’lum qilindi
Foto: Izvestiya
Singapurlik tahlilchilar Rossiyada koronavirus tarqalishining tugash sanasini ma’lum qilishdi. Bu haqda Singapur texnologiya va dizayn universiteti bayonotiga asoslanib, “RIA Novosti“ xabar bermoqda.

Universitet mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Rossiyada 20 iyulga qadar koronavirusning tarqalishi yakunlanadi va infeksiyaning yangi holatlar qayd etilmaydi. Ular mazkur sanani Rossiyada COVID-19 bilan kasallangan bemorlar to‘g‘risidagi mavjud statistik ma’lumotlarning tahliliga asoslanib belgilashgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 20 mayga kelib, ushbu kasallikka chalinganlarning 97 foizi aniqlanadi, 28 mayga kelib esa bu ko‘rsatkich 99 foizga etadi.

Shuningdek, tahlilchilar AQSHda koronavirusning tarqalishi 27 avgustda, Buyuk Britaniyada 14 avgustda, Germaniyada 1 avgustda va Fransiyada 5 avgustda tugashini aytishmoqda.

Avvalroq, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya may oyining o‘rtalariga qadar koronavirus tarqalishi cho‘qqisiga yetib borishini aytib o‘tgan edi. Xususan, u “yozning birinchi oyida vaziyat yengillashadi” degan.
27 aprel holatiga ko‘ra Rossiyada 80,5 mingdan ortiq koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. Ushbu kasallik tufayli 740 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya va boshqa ayrim davlatlarda koronavirus pandemiyasi tugashining aniq sanasi ma’lum qilindi