21:39 / 27.04.2020
3 196

Boris Jonson ilk bor Buyuk Britaniya xalqiga jiddiy murojaat qildi

Boris Jonson ilk bor Buyuk Britaniya xalqiga jiddiy murojaat qildi
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganidan keyin mamlakat xalqiga murojaat qildi. Bu haqda “The Sun” nashri xabar bermoqda.

U mamlakat aholisini karantin qoidalarini buzmaslikka chaqirib, xavf hamon yuqoriligini bildirgan. Shuningdek, Jonson aholini xavf ostiga qo‘ymaslik maqsadida karantin choralarini yumshatishni istamasligini ta’kidlagan va “Pandemiyaga qarshi kurash hali tugamagan” degan.

Bosh vazirning 27 mart kuni koronavirus bilan kasallanganligini ma’lum bo‘lgan edi. Kasallikning dastlabki o‘n kuni u o‘z qarorgohida o‘zini izolyatsiyaga olib davlatni boshqarishda davom etdi. Shundan so‘ng siyosatchi davolovchi shifokorning maslahati bilan Londondagi Sankt-Tomas kasalxonasiga yotqizildi. Keyin bosh vazirning ahvoli yomonlashdi va uni reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazishdi.

Jonson 13 aprel kuni shifoxonadan chiqarildi va u klinikaning barcha xodimlariga, ayniqsa “ahvoli og‘ir paytda” uning yonida navbatchilik qilgan mutaxassislar Jenni MakGi va Luis Pitarmga alohida minnatdorchilik bildirdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada 153 ming kishi ushbu kasallikka chalingan, 20 ming nafardan ortiq odam vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Boris Jonson ilk bor Buyuk Britaniya xalqiga jiddiy murojaat qildi