22:11 / 27.04.2020
2 741

Pandemiya sababli Afg‘oniston hukumati 12 mingdan ortiq mahbusni ozodlikka chiqaradi

Pandemiya sababli Afg‘oniston hukumati 12 mingdan ortiq mahbusni ozodlikka chiqaradi
Foto: Xinhua
Qamoqxonalar ishlari bo‘yicha hukumat departamenti boshlig‘i Ahmad Rashid Tutahayning so‘zlariga ko‘ra, mahbuslarni ozod qilish jarayoni may oyi boshida boshlanadi.

Afg‘oniston hukumati koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida mamlakat qamoqxonalaridagi 12 mingdan ortiq mahbusni ozodlikka chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda The Khaama Press agentligi xabar berdi.

Qamoqxonalar ishlari bo‘yicha hukumat departamenti boshlig‘i Ahmad Rashid Tutahayning so‘zlariga ko‘ra, "mamlakat prezidenti Ashraf G‘anining qarori bilan 12 399 nafar mahbus ozodlikka chiqariladi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, mahbuslarni ozod qilish jarayoni may oyi boshida boshlanadi.
Afg‘oniston prezidenti 26 mart kuni mahalliy qamoqxonalarda koronavirus tarqalishi xavfi bois 10 mingga yaqin mahbusni amnistiya qilish to‘g‘risida farmon chiqargandi. Hujjatga muvofiq, shu kunga qadar 6 ming nafar mahbus ozodlikka chiqarilgan.

Afg‘oniston sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumot berishicha, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 1,5 mingga yaqin bo‘lib, 50ga yaqin kishi vafot etgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pandemiya sababli Afg‘oniston hukumati 12 mingdan ortiq mahbusni ozodlikka chiqaradi