00:03 / 28.04.2020
4 602

Putin foydalanadigan telefonning asosiy «sirlari» ma’lum bo‘ldi

Putin foydalanadigan telefonning asosiy «sirlari» ma’lum bo‘ldi
Foto: Time
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga prezident Vladimir Putinning maxsus aloqa telefoni qanday ishlashini tushuntirib berdi. Bu haqda Peskov «Moskva. Kreml. Putin» dasturiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Putin hukumat a’zolari, administratsiya xodimlari va boshqa lavozimdagi amaldorlar bilan bog‘lanishi uchun birgina tugmani bossa kifoya. Mamlakat rahbari vakilining ta’kidlashicha, bu kabi aloqa turi yangilik hisoblanmaydi.

2020 yilning fevralida Putin maxsus telefon tarmog‘idan foydalanishini ma’lum qilgandi. Shu bilan birga, prezident texnik rivojlanishni to‘xtatib bo‘lmasligini, biroq u o‘zini yangi gadjetlarsiz qulay his qilishini tan olgan.

Avvalroq Peskov Putinning smartfonlardan foydalanmasligi haqida gapirib, buni smartfon foydalanuvchisi o‘zi va hayotini «omma uchun ko‘rgazmaga» qo‘yishi bilan izohlagan edi. Peskovning qayd etishicha, maxsus aloqa telefonlari barcha gadjetlardan uzoq umr ko‘radi.

COVID-19 pandemiyasi fonida barcha masofadan turib ishlashga o‘tdi, Putin ham bundan istisno emas. 1 apreldan boshlab Rossiya prezidenti o‘zining Novo-Ogaryovodagi qarorgohida ishlamoqda. Biroq mamlakat rahbarining kommunikatsiyasi faqatgina telefon emas, balki videoaloqa servislari orqali ham amalga oshirilmoqda.

OSINT mutaxassislarining aniqlashicha, Putin videokonferensaloqa tizimida Amerikaning Polycom kompaniyasi mahsulotidan foydalanadi. Buni yetkazib berish Moskvadagi «Stel» kompaniyasi va «Rostelekom» hamkorlikdagi loyiha doirasida amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. Ta’kidlanishicha, barcha muhim amaldorlar Polycom’dan foydalanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin foydalanadigan telefonning asosiy «sirlari» ma’lum bo‘ldi