03:25 / 28.04.2020
2 262

Qozog‘iston prezidenti mamlakatda kasallikning eng yuqori cho‘qqisi hali to‘liq o‘tmaganini ma’lum qildi

Qozog‘iston prezidenti mamlakatda kasallikning eng yuqori cho‘qqisi hali to‘liq o‘tmaganini ma’lum qildi
Foto: Tengrinews
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatda koronavirus bilan kasallanishning eng yuqori cho‘qqisi hali to‘liq o‘tmaganini ma’lum qildi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.

«Erishilgan natijalar bilan tinchlanib bo‘lmaydi. Vaziyat hali ham juda jiddiy. Koronavirus butun dunyoga hujum qilishda davom etmoqda. Kasallanganlar soni uch million kishiga yaqinlashmoqda va bu raqam o‘sadi. Pandemiyaning ikkinchi to‘lqini kutilmoqda. Qozog‘istonda kasallanishning eng yuqori cho‘qqisi to‘liq o‘tmadi. Hali ham vaziyatning nazoratdan chiqish xavfi saqlanib turibdi», — deya ta’kidlagan Qozog‘iston prezidenti.

To‘qayevning aytishicha, mamlakatning ba’zi hududlarida, xususan, Olmaotada ko‘p sonli shifokorlar va tibbiy xodimlar koronavirusga chalingan. Shu sababli, tibbiy xodimlarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bundan buyon ehtiyot choralariga amal qilinmasa, infeksiyaning boshqa o‘choqlari paydo bo‘lishi mumkin. Karantin choralarining birdaniga olib tashlanishi kasallikning yangi to‘lqinini yuzaga keltirishi mumkin, kasallanish xavfini past baholash mumkin emas.

Avvalroq Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatda favqulodda holat rejimini 11 maygacha uzaytirishga qaror qilgani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda koronavirus tarqalishi munosabati bilan 16 martdan 15 aprelga qadar favqulodda holat rejimi joriy qilingan. 11 aprel kuni esa mamlakat prezidenti favqulodda holat rejimini aprel oyining oxiriga qadar uzaytirishga qaror qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston prezidenti mamlakatda kasallikning eng yuqori cho‘qqisi hali to‘liq o‘tmaganini ma’lum qildi