06:24 / 28.04.2020
2 579

JSST rahbari koronavirus pandemiyasi hali beri tugamasligidan ogohlantirdi

JSST rahbari koronavirus pandemiyasi hali beri tugamasligidan ogohlantirdi
Foto: Getty Images
COVID-19 koronavirus pandemiyasi yaqin vaqtlarda tugamaydi, deb xabar bermoqda «Kommersant’». Bu haqda JSST rahbari Tedros Gebreyesus ma’lum qilgan.

«Pandemiya hali tugallanishdan yiroq. JSST Afrika, Sharqiy Yevropa, Lotin Amerikasi va Osiyoning ayrim mamlakatlarida kasallanish ortib borayotganidan hali ham xavotirda», — degan Gebreyesus jurnalistlar bilan muloqotda. Uning aytishicha, ushbu davlatlarda testdan o‘tkazish imkoniyati kam bo‘lgani uchun qayd etilgan kasallanish va o‘lim darajalari hammasi ham ma’lum qilinmagani sababli ularda bu ko‘rsatkich past chiqmoqda.

JSST rahbari, shuningdek, cheklov choralarini yumshatayotgan Yevropa davlatlariga qarata murojaat qilib, «Yevropada yangi kasallanish holatlari kamaygani sababli cheklov choralari yumshatilayotgan ekan, biz kasallanish holatlari kamayishda davom etishi uchun davlatlarni COVID-19’ni aniqlash, testdan o‘tkazish, izolyatsiya qilish va har bir aloqalarni kuzatishga chaqirishda davom etamiz
», — degan u.

Avvalroq JSST koronavirus pandemiyasini vaksinasiz to‘xtatib bo‘lmasligini ma’lum qilgandi. Hozirda dunyodagi o‘nlab laboratoriyalarda vaksina yaratish bo‘yicha ish olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » JSST rahbari koronavirus pandemiyasi hali beri tugamasligidan ogohlantirdi