11:49 / 28.04.2020
2 720

AQSH prezidenti koronavirus kelib chiqishining tagiga yetishga va’da berdi

AQSH prezidenti koronavirus kelib chiqishining tagiga yetishga va’da berdi
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Donald Tramp AQSH tomonidan olib borilayotgan tergov koronavirusning kelib chiqishi haqida barcha ma’lumotni olishga imkon berishini aytdi.

Biz juda jiddiy tergov olib bormoqdamiz va uning natijalari haqida sizga ma’lum qilamiz. Biz javoblar olishga muvaffaq bo‘lamiz”, deb aytgan Tramp Oq uydagi brifingda.

AQSH prezidenti navbatdagi marta “Xitoy va umuman koronavirus bilan bog‘liq vaziyatdan noroziligini” eslatib o‘tgan. Uning aytishicha, Xitoy tezroq harakat qilganda, virus tarqalishiga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lardi.

Tramp koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga ta’siri haqida gapirar ekan, gap nafaqat AQSHga, balki butun dunyoga yetkazilgan zarar haqida borayotganini ta’kidlab o‘tgan.

Avvalroq AQSH koronavirus qayerdan paydo bo‘lgani va Xitoy nima uchun uning tarqalishini tezda to‘xtata olmagani bo‘yicha tergov olib borayotgani ma’lum qilingan. OAVda paydo bo‘lgan taxminlardan biriga ko‘ra, Vashingtonda virus Xitoyning Uhan shahridagi ilmiy laboratoriyada yaratilgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH prezidenti koronavirus kelib chiqishining tagiga yetishga va’da berdi