22:20 / 28.04.2020
3 243

Shahzoda Charlz musulmonlarga “Assalomu alaykum” deb murojaat qildi

Shahzoda Charlz musulmonlarga “Assalomu alaykum” deb murojaat qildi
Buyuk Britaniya shahzodasi Charlz muborak Ramazon oyida ro‘za tutayotgan musulmonlarga o‘z ehtiromini bildirdi va shuningdek, koronavirusga qarshi kurashda oldingi safda qurbon bo‘lgan musulmon shifokorlar va hamshiralarning yaqinlariga samimiy hamdardlik bildirdi.

Uels shahzodasi Buyuk Britaniyadagi musulmonlarga murojaatini "Assalamu alaykum" so‘zlari bilan boshlagan, unda musulmonlarga Ramazon oyida bo‘ladigan qiyinchiliklarda sabr tilagan. Charlz, shuningdek, pandemiya paytida muhtojlarga yordam berayotgan musulmon ko‘ngillilar va xayriya tashkilotlarining hissalarini yuqori baholadi.

Eng fojiali narsa, men bilamanki, musulmon jamoasining bir qator yuqori malakali va bebaho shifokorlari va hamshiralari ushbu zararli virus tufayli vafot etishdi", dedi Uels shahzodasi.

Koronavirus tufayli nobud bo‘lgan shifokorlar orasida Amjid al-Xavraniy, Abdul Ma’bud Chaudhari, Alfa Saadu, Odil Tayar va Habib Zaydiylar bor edi.

"Men ularning oilalari va hamkasblariga o‘zimning chuqur hamdardligimni izhor etaman, chuqur hurmat va samimiy minnatdorchilik bildiraman.
Men 13 yoshli Ismoil Muhammad Abdulvahhobning oilasidan uzoqda vafot etishi haqidagi fojiali hikoyadan hayajonlandim
", – dedi shahzoda Charlz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shahzoda Charlz musulmonlarga “Assalomu alaykum” deb murojaat qildi