07:53 / 29.04.2020
4 236

Koronavirus pandemiyasining yana bir kutilmagan ijobiy ta’siri haqida ma’lum qilindi

Koronavirus pandemiyasining yana bir kutilmagan ijobiy ta’siri haqida ma’lum qilindi
Foto: Shutterstock
COVID-19 pandemiyasi butun dunyoda davom etayotgan karantin cheklovlari va boshqa profilaktika choralari tufayli mavsumiy gripp epidemiyalarining kamayishiga xizmati qilishi mumkin. Britaniyaning Markaziy Lankashir universiteti olimlari shunday xulosaga kelgan, deb yozmoqda The Conversation nashri.

Olimlar tadqiqotlari davomida turli davlatlarda hukumatlar tomonidan amalga oshirilayotgan choralar aholida foydali odatlar paydo bo‘lishi va shakllanishiga xizmat qilgan. COVID-19 tarqalishidan avval Britaniyada jamoat hojatxonasiga borgandan keyin 32 foiz erkaklar va 64 foiz ayollargina qo‘llarini yuvgan, endi qirollikda 83 foiz aholi bu ishni muntazam ravishda bajarmoqda.

Shuningdek, mavsumiy gripp epidemiyalariga qarshi kurashda ta’lim muassasalarining yopib qo‘yilgani ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi: o‘quvchilar immunitet zaifligi tufayli mavsumiy infeksiyalarni yuqtirib oluvchi asosiy guruhlardan biri hisoblanar edi.
Maqolada ijtimoiy masofa saqlash amaliyoti ham kasalliklarning tarqalishiga to‘sqinlik qilgani qayd etilgan.

Olimlar ushbu choralarning gripp bilan kasallanish ko‘rsatkichiga qanchalik ta’sir qilishi haqida aniq raqam yoki foizni oshkor etmagan: boshqa ko‘plab kasalliklarda ham shunga o‘xshash alomat va belgilar kuzatilishi tufayli hisob-kitobni amalga oshirishda qiyinchiliklar mavjud. Lekin Yaponiyada fevralning ikkinchi haftasida gripp bilan kasallanish bir yil avvalgi ko‘rsatkichdan 60 foizga kamaygani ma’lum qilingandi. Ekspertlarning qayd etishicha, Yevropada ham shunga o‘xshash holat kuzatilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus pandemiyasining yana bir kutilmagan ijobiy ta’siri haqida ma’lum qilindi