10:48 / 29.04.2020
2 260

Ukraina hukumati Saakashvili nomzodini islohotlar bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosarligiga tasdiqlamadi

Ukraina hukumati Saakashvili nomzodini islohotlar bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosarligiga tasdiqlamadi
Foto: DW
Ukraina Vazirlar mahkamasi Oliy Radaning Gruziya sobiq prezident Mixail Saakashvilini islohotlar bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosarligiga nomzod sifatida bergan taklifini rad qildi. Bu haqda «RBK»ga tayanib Daryo xabar berdi.

Saakashvili nomzodining rad qilingani haqida «Senzor.net» nashri bosh muharriri Yuriy Butusov ma’lumot bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra «Xalq xizmatchisi» fraksiyasi Saakashvili nomzodini ushbu lavozimga tavsiya etish uchun deputatlarning yetarli darajadagi ovozini to‘play olmagan.

«Ukrainskaya pravda» nashri Saakashvili endi prezident Vladimir Zelenskiyning maslahatchisiga aylanishi mumkinligini yozmoqda.
22 aprelda Mixail Saakashvili Vladimir Zelenskiyning unga bosh vazir o‘rinbosari lavozimini taklif qilganini bildirgan. Oliy Rada ushbu tayinlovni 24 aprelda amalga oshirishi kutilgandi.

Mixail Saakashvili 2015 – 2016 yillarda Ukrainaning Odessa viloyati ma’muriyatini boshqargan. 2017 yilda o‘sha vaqtdagi Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan nizo tufayli Saakashvili mamlakat fuqaroligidan mahrum qilingandi. 2019 yilda Vladimir Zelenskiy Ukraina prezidentligi uchun saylovlarda g‘alaba qozongach, Saakashviliga mamlakat fuqaroligi qaytarib berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina hukumati Saakashvili nomzodini islohotlar bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosarligiga tasdiqlamadi