15:00 / 29.04.2020
2 700

Qirg‘izistonda may oyida ko‘plab zilzilalar qayd etilishi taxmin qilinmoqda

Qirg‘izistonda may oyida ko‘plab zilzilalar qayd etilishi taxmin qilinmoqda
Qirg‘izistonlik olimlar respublikada seysmik faollikning mavsumiy cho‘qqisini qayd etishmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, 5 ballgacha bo‘lgan zilzilalar Issiqko‘l, Norin va Jalolobodda kuzatilgan.

“MIR 24”ning qayd etishicha, ushbu holat may oyining oxirigacha davom etadi. Ammo seysmologlarning ta’kidlashlaricha, fuqarolarga hech narsa tahdid solmaydi, halokatli holatlar kuzatilmaydi.

«Bu davrda mo‘’tadil zilzilalarning ko‘payishi Yerning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq. Gap shundaki, yil davomida Yerning aylanish tezligi oshadi. Eng past tezlik esa aprel va noyabr oylariga to‘g‘ri keladi. Zilzilalar soni esa ayni shu holat bilan bog‘liq. Xo‘sh, bu kuchli zilzila bo‘lishini anglatadimi? Menimcha, yo‘q, vaholanki, kuzatilgan barcha seysmik silkinishlar hozirgacha belgilangan normaga to‘g‘ri kelmoqda”, deydi Qirg‘iziston Seysmologiya instituti direktori Kanatbek Abdurahmatov.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonda may oyida ko‘plab zilzilalar qayd etilishi taxmin qilinmoqda