16:48 / 29.04.2020
2 293

Braziliya prezidenti koronavirus epidemiyasi oldida kuchsiz ekanligini aytdi

Braziliya prezidenti koronavirus epidemiyasi oldida kuchsiz ekanligini aytdi
Foto: AP Photo/Eraldo Peres
Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru 5 ming nafar braziliyalikning umriga zomin bo‘lgan koronavirus epidemiyasi oldida kuchsiz ekanligini aytdi. U mamlakatda koronavirusdan qurbon bo‘lganlar soni virus birinchi bo‘lib aniqlangan Xitoydagidan oshib ketgani haqidagi xabarga ana shunday munosabat bildirdi.

"Nima bo‘pti? Taassufdaman. Mo‘’jiza ko‘rsatishga qodir emasman", - dedi u jurnalistlar bilan muloqotida.
Bolsonaru vafot etganlarning oilalariga ta’ziya bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, marhumlarning aksariyati keksa yoshdagilar bo‘lgan.

"Ammo hayot shunaqa. Ertaga mening navbatim keladi. Biz munosib umr kechirish va o‘zimizdan yaxshi xotira qoldirishga harakat qilamiz", - dedi u.
Avvalroq Jair Bolsonaru epidemiyani «kichikroq gripp» deb atagan va shtatlar gubernatorlarini cheklov choralari kiritgani uchun tanqid qilgandi.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Braziliyada koronavirus yuqtirganlar soni 73,2 mingdan oshgan, 5083 kishi vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Braziliya prezidenti koronavirus epidemiyasi oldida kuchsiz ekanligini aytdi