22:25 / 30.04.2020
2 215

Xitoylik shifokorlar koronavirusni ayollar erkaklarga qaraganda osonroq yengishini aniqlashdi

Xitoylik shifokorlar koronavirusni ayollar erkaklarga qaraganda osonroq yengishini aniqlashdi
Xitoylik shifokorlar erkak va ayollar SARS-CoV-2 koronavirusi bilan ko‘pincha bir xil zararlanishini aniqlashdi. Biroq ko‘p holatda erkaklar jonlantirish bo‘limiga yotqiziladi va COVID-19dan ayollarga nisbatan 2 barobar ko‘proq vafot etishadi.

Ularning xulosalari "Frontiers in Public Health" jurnalida chop etilgan, deb yozmoqda Koronavirus info.
Uxanda SARS-CoV-2 koronavirusi epidemiyasi boshlangan ilk kunlardayoq shifokorlar COVID-19 kasalligi sezilarli darajada ko‘proq erkaklarga yuqishi va hayotlariga zomin bo‘layotganiga e’tibor qaratishdi.

Biologlar ular o‘rtasidagi farqni avvaldan erkaklarning o‘pka hujayralarida virus zararlashi ehtimoli yuqori bo‘lgan ACE2 retseptori molekulalari ayollar nafas organlaridagi xuddi shunday tanachalarga qaraganda sezilarli darajada ko‘pligi bilan bog‘lashadi.

Mutaxassislar o‘zlarining shaxsiy klinikalari va Xitoyning boshqa kasalxonalarida davolangan bemorlar statistikasini o‘rganish asnosida ushbu muammoni batafsil tadqiq qilishdi.
Olimlar turli yosh va ijtimoiy-iqtisodiy toifadagi mingdan ziyod bemor kasallik tarixini o‘rganishdi.

Ma’lumotlar tahlili, kutilmagan tarzda infeksiya yuqtirish ayol va erkaklarda taxminan bir xilligini, COVID-19dan vafot etish ehtimoli tengligi va asoratlar rivojlanishi sezilarli darajada farqlanishini ko‘rsatdi. Xususan, koronavirus qurbonlari orasida erkaklar o‘limi 70 foizni tashkil etgan bo‘lsa, xuddi shunday jonlantirish bo‘limiga tushgan va sun’iy nafasga ehtiji bo‘lgan erkak bemorlar soni ham shuncha.

Qizig‘i shundaki, xuddi shu manzara 2003 yilda atipik pnevmoniyaga chalingan Xitoy aholisi o‘rtasida ham kuzatilgan. Olimlarning fikricha, atipik pnevmoniya qo‘zg‘atuvchilari ham o‘pka hujayralari va inson tanasining boshqa to‘qimalariga kirib borish uchun ACE2 retseptorlaridan foydalanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoylik shifokorlar koronavirusni ayollar erkaklarga qaraganda osonroq yengishini aniqlashdi