21:46 / 30.04.2020
4 489

Amerika milliy instituti rahbari koronavirusni davolash dorisini topdi

Amerika milliy instituti rahbari koronavirusni davolash dorisini topdi
Amerika allergik va infeksion kasalliklarni o‘rganish milliy instituti rahbari Entoni Fauchi (shu kunlarda Amerika qahramoni)ning aytishicha, koronavirus infeksiyasini yuqtirgan hamda og‘ir ahvolda bo‘lgan bemorlarga remdesivir dorisining foyda berishi yaqqol aniq bo‘ldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur preparatni qo‘llash natijasida bemorda simptomlar 15 kun emas, balki 11 kunda barham topadi. Bu haqda internetdagi manbalarga asoslanib Daletov.uz xabar berdi.

Mutaxassislar koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan va og‘ir ahvolda bo‘lgan 197 nafar bemorni 10 kun davomida hamda yana 200 nafar bemorni besh kun davomida remdesivir bilan davolashgan. Sinovga olingan 397 nafar bemorda pnevmoniya alomatlari ko‘zga tashlangan va qonida kislorod darajasi past bo‘lgan, ammo ularga hali sun’iy nafas olish apparati kerak bo‘lmagan. Bemorlarning yarmi 14 kunlik davolanishdan so‘ng kasalxonani sog‘ayib tark etgan.

Hozircha dorini ko‘p sonli bemorlarda sinovdan o‘tkazishmoqda. Preparatni ishlab chiqaruvchi Gilead kompaniyasi yaqin haftalarda tadqiqot va sinov natijalarini to‘liq e’lon qilishi kutilayapti.

Qiziq tarafi, mazkur dorining sinovdan yaxshi o‘tganligi haqidagi xabar ortidan nafaqat Gilead kompaniyasi aksiyalari, balki Amerika fond bozori o‘sa boshlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerika milliy instituti rahbari koronavirusni davolash dorisini topdi