23:06 / 30.04.2020
3 798

Koronavirus pandemiyasi qachon butunlay to‘xtashi prognoz qilindi

Koronavirus pandemiyasi qachon butunlay to‘xtashi prognoz qilindi
Singapur texnologiya va dizayn universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi dunyo bo‘ylab 2020 yil noyabrda butunlay to‘xtashi prognoz qilinmoqda.
Tadqiqot maqsadi koronavirus pandemiyasi hayot siklining egri chizig‘ini baholash va pandemiya qachon tugashini prognoz qilishdan iboratdir.

Koronavirus pandemiyasidan chiqishning dastlabki sanasi bo‘lgan mamlakatlar orasida O‘zbekiston 16-o‘rinda. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi 20 mayga qadar butunlay tugashi prognoz qilinmoqda. Shu o‘rinda, 30 aprel kuni 97 foizga va 6 may kuni 99 foizga to‘xtashi kutilmoqda.

AQSHda infeksiya tarqalishi 5 sentabrga kelib butunlay tugashi prognoz qilinayotgan bo‘lsa, Rossiyada koronavirus 19 avgustga kelib to‘liq tugashi taxmin qilingan. Koronavirus o‘chog‘i bo‘lgan Xitoyda infeksiyaning hayot sikli butunlay to‘xtashi 9 aprel kuniga to‘g‘ri kelgan.
Qozog‘istonda infeksiya tarqalishi 2 avgust, Afg‘onistonda esa 4 sentabr kuniga kelib to‘liq tugashi prognoz qilingan.

«Insoniyat tarixidagi pandemiya jarayonlari to‘g‘risidagi mavjud ma’lumotlar va hozirda avj olgan koronavirus infeksiyasi haqida doimiy ravishda to‘planib turadigan ma’lumotlar pandemiyaning tugash sanasini prognoz qilish uchun model yaratishga imkon beradi», deyiladi olimlar izohida.

Olimlar koronavirus pandemiyasi dunyoda va muayyan davlatlarda 97 foizga, 99 foizga va butunlay tugash sanalarini prognoz qilgan. Tadqiqotchilar kelajakni oldindan aytish juda murakkab ish ekanligini va har qanday prognozni o‘qiyotganda buni yodda tutish kerakligini eslatishgan.

Dastlabki 25 mamlakatda COVID-19 tugash sanasining uchta muqobil prognozi (taxmin qilingan 97% tugash sanalari bo‘yicha).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus pandemiyasi qachon butunlay to‘xtashi prognoz qilindi