09:20 / 01.05.2020
3 077

Trampning qizi Ivankaning kiyimida koronavirusga qarshi kurashishning sirli belgisini aniqlashdi

Trampning qizi Ivankaning kiyimida koronavirusga qarshi kurashishning sirli belgisini aniqlashdi
Foto: The Telegraph
Jurnalistlar AQSH prezidenti Donald Trampning qizi Ivankaning koronavirus pandemiyasi paytida omma oldiga kiyib chiqqan kiyimining sirini fosh etdi, deb yozadi The Telegraph.

28 aprel kuni Oq uyda o‘tgan matbuot anjumanida tadbirkor va fotomodel Ivanka Tramp Gabriela Hearst brendining kombenizoni va Gianvito Rossi brendiga tegishli poshnali tuflida ko‘rinish bergan.

Nashrning qayd etishicha, Ikkinchi jahon urushi davrida bunday kombenizonlar mehnat qilayotgan, masalan, zavodlarda ishlayotgan ayollarning ishchi kiyimi bo‘lgan.

Foto: The Telegraph
Taxmin qilinishicha, bunday obraz bilan 38 yoshli Ivanka Tramp koronavirusga qarshi kurashishga jangovar shayligini ko‘rsatgan.
Jurnalistlarning qayd etishicha, AQSH prezidenti qizining kiyimi millat kayfiyatini aks ettiribgina qolmay, balki sobiq fotomodelning nozik did sohibasi ekanligini ham ko‘rsatadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampning qizi Ivankaning kiyimida koronavirusga qarshi kurashishning sirli belgisini aniqlashdi