12:12 / 01.05.2020
2 727

Koronavirusga qarshi dori vositalarining eng yirik ikkita sinovi boshlandi

Koronavirusga qarshi dori vositalarining eng yirik ikkita sinovi boshlandi
Buyuk Britaniya shifoxonalarida koronavirusga qarshi dorilarning klinik sinovlari boshlandi. Unda 8 mingdan ortiq bemor ishtirok etyapti. Bu haqda UzA “BBC” xabariga tayangan holda yozmoqda.

Oksford universiteti shafeligida o‘tkazilayotgan ushbu sinovlar RECOVERY deb nomlanadi va beshta mavjud dorilarni qo‘llashni nazarda tutadi. Ularning orasida OITSni davolashda qo‘llaniladigan kombinatsiya qilingan preparat hamda vaboga qarshi vositalar ham bor. Tadqiqotchilar mazkur malhamlar inson organizmida koronavirus qayta tiklanishini to‘xtata olish-olmasligini aniqlashni istashmoqda.

O‘z navbatida shamollashni kamaytiradigan va immun tizimi reaksiyalarini bartaraf etadigan dorilarning tojdor virusga ta’siri o‘rganilyapti.Klinik sinovlarda butun Britaniyadagi qariyb 170 ta shifoxona qamrab olingan. O‘z navbatida mazkur jarayonlar dunyoning yuzdan ortiq mamlakatlarida ham olib borilyapti.

Ushbu sinovlarga qancha ko‘p bemorlarni jalb eta olsak, shuncha tez natijalarga erishamiz. Biz mazkur sinovlar bo‘yicha ko‘plab rekordlarni o‘rnatdik, bunga ishonish qiyin“, — dedi tadqiqot rahbari professor Piter Xorbi.
Ta’kidlash joiz, bu klinik sinov dunyodagi eng yirik tajribaga aylandi.

JSST ham o‘tgan kuni Covid-19ga qarshi dorilar global miqyosda sinovdan o‘tkazilishi boshlanayotgani haqida ma’lum qilgandi. Buning uchun 1200 dan ortiq ko‘ngilli tanlab olingan.
Ushbu sinovlarda ishtirok etishim menga yordam berishi qiyin bo‘lsa kerak“, — deydi Kembrijdagi Addenbruks shifoxonasi bemori 60 yoshli Jeff Payk.

U olti hafta oldin tojdor virusni yuqtirib olgan. Bungacha esa unga takroran saraton tashxisi qo‘yilgandi.
Ammo mazkur tadqiqot kimgadir yordam berishi mumkin, axir ilm-fansiz hech qayerga bora olmaymiz“, — deya qayd etib o‘tadi Payk.

Ma’lumot uchun, Buyuk Britaniyada virusdan vafot etganlar soni 26 mingdan oshib ketgan. Tashqi ishlar vaziri Dominik Raabning aytishicha, mamlakat hozir eng og‘ir damlarni boshdan kechirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusga qarshi dori vositalarining eng yirik ikkita sinovi boshlandi