21:48 / 02.05.2020
2 413

Amerikada virtual enagalarga talab oshib ketdi

Amerikada virtual enagalarga talab oshib ketdi
Foto: EPA
AQSHda virtual enagalarga talab oshdi. Mavjud kompaniyalar o‘z xodimlarini turli texnikalarga o‘rgatmoqda, bu esa enagalar bolalar diqqatini ekran orqali ushlab tura olishi uchun qo‘l kelmoqda. Bu haqda The Washington Post’ga tayanib, «Korrespondent.net» xabar bermoqda.

Babysitting Company xizmati bolalarga qarash bo‘yicha virtual yordamga ehtiyoj oshib borayotganini birinchilardan bo‘lib payqadi. Kompaniya enaga bilan 45 daqiqalik videochat ota-onalarga 36 dollarga tushishini ma’lum qildi.

Kompaniya asoschisi Reychel Charlupskining so‘zlariga ko‘ra, bolalar bilan kompyuter orqali ishlash qiyinroq. Shu sababli kompaniya o‘z xodimlarini qayta o‘qitishiga to‘g‘ri kelgan.

Endi kompaniyaning har bir enagasi bolaning yoshi va qiziqishlaridan kelib chiqib, videoseans rejasini oldindan tayyorlab qo‘yadi. Enaga bolaga birgalikda rasm chizish, qo‘shiq aytish, meditatsiya bilan shug‘ullanish, Lego yig‘ish va raqsga tushishni taklif qiladi. Bolalarda ham tez-tez o‘z g‘oyalari paydo bo‘ladi.

«Misol uchun, bir bola 45 daqiqa davomida o‘yinchoq ovqatni kameraga tutib, o‘zini enagasini ovqatlantirayotgandek tutdi», — deydi Charlupski.
Kompaniya direktorining so‘zlariga ko‘ra, AQSHda virtual enagalarga talab oshishda davom etadi. Chunki virtual bo‘lsa ham o‘quv yili bir oydan keyin yakuniga yetadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikada virtual enagalarga talab oshib ketdi