03:00 / 03.05.2020
4 733

Rosssiyadagi migrantlarning karantin sharoitidagi ahvoli haqida

Rosssiyadagi migrantlarning karantin sharoitidagi ahvoli haqida
Foto: «TASS»
Rossiyada muhojirlarga hatto koronavirusning barcha belgilari bo‘lsa ham yordam berilmayapti. Bu haqda Rossiyadagi migrantlarga huquqiy yordam berish bilan shug‘ullanib kelayotgan asli o‘zbekistonlik huquqshunos Valentina Chupik Asia-Plus nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, karantin sharoitida Rossiyada bo‘lib turgan migrantlar qiyin ahvolda. «Tojikistonlik migrantlarning ahvoli o‘zbekistonlik migrantlar ahvoli bilan bir xil va qirg‘izistonlik migrantlar ahvolidan deyarli farq qilmaydi. Shu sababli men o‘z javobimda alohida tojikistonlik migrantlar haqida emas, umuman Markaziy Osiyodan bo‘lgan migrantlar haqida gapiraman», — degan u Rossiyada karantin sharoitida bo‘lib turgan tojikistonlik mirgantlar qay ahvolda, degan savolga javoban.

«Birinchidan, ularni politsiya ta’qib qilmoqda, hatto uyda bo‘lgan paytlarida ham. So‘nggi haftalarda kirish-chiqish nazorati joriy etilishi bilan, politsiya migrantlarning «o‘zini izolyatsiya» qilish tartibini buzganlik — ular ro‘yxatdan o‘tgan yashash joylaridan 100 metr uzoqda bo‘lganliklarini tekshirish uchun kvartiralarga bostirib kirishni boshladi.

Ko‘chada («ko‘rinishi slavyanlarga o‘xshamagan» barcha migrantlarga kabi) ularga hali ham «yopishmoqda». Faqat endi Rossiyada qonuniy bo‘lib turganligini tekshirishga (aslida bu noqonuniy, ayniqsa prezidentning 2020 yil 18 apreldagi 274-sonli farmoniga zid) endi «o‘zini izolyatsiya» qilish rejimini buzamaganligini — ro‘yxatdan o‘tgan yashash joylaridan 100 metr uzoqqa ketmaganligini tekshirish qo‘shildi. Ishchi ruxsatnomasi bo‘lsa, uni haqiqiy emas deb topishmoqda. Politsiya tomonidan olinadigan poraning o‘rtacha miqdori 5 000 rubldan 15 000 rublgacha (taxminan 60 dollardan 200 dollargacha) oshdi.

Ikkinchidan, ularga ish haqi to‘lashmaydi. Eng insonparvar holatda — premiyalar va ish haqining «kul rang» qismini to‘lamay qo‘yib, ularni shartnomada ko‘rsatilgan eng kam ish haqi (Sankt-Peterburgda bu 19 000 rubl) bilan qoldirishadi.

Rasmiy ravishda ishlaydiganlarni o‘z xohishlari bilan ishdan bo‘shash yoki ish haqi saqlanmagan holda ta’tilga chiqish haqida ariza yozishga maburlashmoqda. Lekin avvalgidek ishlashni taklif qilishadi, faqat endi buning uchun bir tiyin ham to‘lashmaydi.

Norasmiy ravishda ish bilan band bo‘lganlarni esa (va bundaylar mutlaq ko‘pchilikni tashkil etadi – ular patent uchun pul to‘laydi, lekin ish beruvchilar ular bilan shartnoma tuzmaydi) shunchaki ko‘chaga haydab chiqarishadi yoki ishlatishda davom etib, qarzdorlikni «karantin tugashi bilan» to‘lashga va’da berishadi.

Uchinchidan, ularga turar joy uchun ijara haqini oshirishadi. Xonadon egalarining o‘zi ham daromadlarini yo‘qotmoqda va ijara haqi hisobiga daromadlarini ko‘paytirishga harakat qilmoqda. Bu ijara haqini o‘rtada bo‘lib to‘lash maqsadida har bir kvartirada «zichlashuv»ga, unda yashaydigan odamlar sonining ortishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida migrantlar muhitida epidemik vaziyatning yomonlashuviga olib keladi.

To‘rtinchidan, uyga qaytish, fuqarolikni olish yoki yashash huquqini olish imkoniyatini aytib firibgarlik yo‘li bilan aldashmoqda. Ular migrantlarga qo‘ng‘iroq qilib chiqib mavjud bo‘lmagan charter reysga chipta olishni, Rossiya fuqaroligini yoki boshqa olishni tezlashtirib berishni taklif qilishadi. Odamlar esa cho‘kayotgan odam hasga yopishganday ularga ishonib pullaridan ayrilib qolmoqda», — deb Rossiyadagi migrantlarning qiyin ahvoli haqida gapirib bergan Valentina Chupik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rosssiyadagi migrantlarning karantin sharoitidagi ahvoli haqida