14:42 / 03.05.2020
3 202

Olimlar koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichi yuqoriligini D vitamini yetishmasligi bilan bog‘lashmoqda

Olimlar koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichi yuqoriligini D vitamini yetishmasligi bilan bog‘lashmoqda
Foto: Pixabay
D vitamini yetishmasligi koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichi yuqoriligi sabablaridan bo‘lishi mumkin. Bu haqda qirolicha Yelizaveta kasalxonasi fondi va Sharqiy Angliya universiteti olimlari aytmoqda. Ular o‘tkazgan tadqiqot natijalari Research Square portalida chop etildi.

Olimlar Yevropadagi 20ta mamlakat aholisidagi D vitamini darajasining o‘rtacha ko‘rsatkichlarini aniqlashdi. So‘ngra bu ma’lumotni mazkur davlatlardagi koronavirusga chalinish va o‘lim statistikasi bilan solishtirishdi.

Aholisida D vitamini darajasi kam bo‘lgan mamlakatlarda koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichi yuqori ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ekspertlar Ispaniya, Italiya va Shveysariya aholisida bu vitamin darajasi kamligini aniqlashdi.

Avvalroq britaniyalik olimlar koronavirus pandemiyasi davrida D vitamini qabul qilishni maslahat berishgandi. Ularning qayd etishicha, odamlar ko‘p vaqtini xonadon ichida o‘tkazgani sababli quyosh nurini yetarlicha olishmaydi va ularda bu vitamin kamayib ketadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichi yuqoriligini D vitamini yetishmasligi bilan bog‘lashmoqda