Foto: AP
AQSH prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisining oxirgi 20 kun ichida omma oldida ilk ko‘rinish berganiga izoh berdi va bundan xursandligini aytdi.
“Men, misol uchun, u qaytgani va o‘zini yaxshi his qilayotganidan xursandman”, deb yozgan Tramp tvitterda.
Shimoliy Koreya yetakchisi aprel o‘rtalaridan beri ko‘rinish bermay qo‘ygan. Bunga bir nechta OAV e’tibor qaratgandi. Jumladan, CNN telekanali Kim Chen In oxirgi marta 11 aprelda ko‘ringanini va 15 aprelda bobosi Kim Ir Sen tavallud ayomi bilan bog‘liq tantanali marosimda ilk bor ishtirok etmaganini ma’lum qilgandi. Keyinroq Kim Chen In yuragida jarrohlik amaliyotini o‘tkazgandan so‘ng sog‘lig‘i yomonlashgani va hattoki vafot etgan bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi.
Biroq 2 may kuni Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi Kim Chen In 20 kunlik “yo‘qolish”dan keyin ilk bor omma oldida ko‘ringanini ma’lum qildi. Reuters esa Koreya markaziy telegraf agentligiga tayanib, Shimoliy Koreya yetakchisi o‘g‘itlar ishlab chiqariluvchi zavod ochilishida ishtirok etganini ma’lum qilgan. Tramp bundan xabar topgach, ushbu ma’lumotga izoh bermoqchi emasligini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi