13:05 / 04.05.2020
2 850

Sayyohlar uchun birinchi bo‘lib ochiladigan mamlakatlar qaysilar bo‘lishi mumkin?

Sayyohlar uchun birinchi bo‘lib ochiladigan mamlakatlar qaysilar bo‘lishi mumkin?
Foto: «RIA Novosti»
Siyosatchi Dmitriy Abzalovning fikricha, koronavirus pandemiyasi o‘tib ketganidan so‘ng xorijiy sayyohlar uchun o‘z chegaralarini birinchi bo‘lib ochadigan mamlakatlar bevosita plyaj turizmiga bog‘liq mamlakatlar — Turkiya, Gretsiya, Italiya bo‘ladi. Bu haqda «Praym» agentligi yozmoqda.

Ushbu mamlakatlar sayyohlarni eng birinchilardan bo‘lib qaytarishga intilishiga ekspertning ishonchi komil. Ammo bu keluvchi sayyohlar yashovchi mamlakatlar o‘z chegaralarini qanchalik tez ochishiga va albatta, koronavirus bilan bog‘liq global vaziyatga bevosita bog‘liq.

Ammo hozirdanoq bir narsa aniq: Yevropa yozgi sayyohlik mavsumini yo‘qotdi, chunki joylar bahordayoq band qilinardi.
Osiyoning turizm mamlakatlari esa Xitoy bilan yaqinligi sababli katta zarar ko‘radi. AQSH kuzgacha sayyohlardan umid ham qilmasa bo‘ladi, tibbiyoti uncha yaxshi rivojlanmagan Janubiy Amerika va Afrika uchun ham turizm prognozi yaxshimas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sayyohlar uchun birinchi bo‘lib ochiladigan mamlakatlar qaysilar bo‘lishi mumkin?