14:05 / 04.05.2020
13 449

Turkiyaga kelin bo‘lgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)

Turkiyaga kelin bo‘lgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)
Foto: Instagram / @nargiza.salmanova
Turkiya statistika tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 2019 yil davomida jami 1550 nafar o‘zbekistonlik qiz Turkiya fuqarolariga turmushga chiqqan. Turli yillarda Turkiyaga kelin bo‘lgan o‘zbekistonlik qizlar orasida o‘zbek shou-biznesi vakillari ham bor.

Nargiza Salmonova

Foto: Instagram / @nargiza.salmanova

Foto: Instagram / @nargiza.salmanova

Foto: Instagram / @nargiza.salmanova

Foto: Instagram / @nargiza.salmanova
«Taqdirlar», «O Maryam, Maryam», «Aldangan ayol» «Farhod va Shirin» kabi filmlardagi turli obrazlari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish aktrisa Nargiza Salmonova 2018 yilda Turkiya fuqarosi Emrah Sayanga turmushga chiqqan.

Nargiza va Emrahning to‘yi Istanbul shahrida, Bosfor dengizidagi kemada bo‘lib o‘tgan. Aktrisa har doim to‘yi kemada bo‘lishini orzu qilganini aytgan edi.

Dilnoza Saidova

Foto: Instagram / @dilnozasaidova_sevimli

Foto: Instagram / @dilnozasaidova_sevimli
«Sevimli» telekanalining «Zamon» informatsion-tahliliy dasturi boshlovchisi Dilnoza Saidova 2019 yilda Turkiya fuqarosiga turmushga chiqqan.
Dilnoza Instagram’dagi sahifasida o‘ziga «Muvaffaqiyatli kareradan oilasi uchun voz kechgan teleboshlovchi» deya ta’rif bergan.

Kamola Arslonova (Diyora)

Foto: Instagram / @_diyora_

Foto: Instagram / @_diyora_

Foto: Instagram / @_diyora_
«Kirakash», «Sevginator 2» filmlarida, «Opa-singillar» serialida rol ijro etgan aktrisa Kamola Arslonova ham Turkiyaga kelin bo‘lgan. «Opa-singillar» serialidagi Shahnoza obrazi aktrisani elga tanitgan. Kamola Diyora taxallusi bilan qo‘shiq ham aytgan.

Mesut va Kamola hozirda Turkiyada yashaydi. Ularning qiz farzandi bor. Kamola Instagram’dagi postlaridan birida qizini o‘zbek yigitiga turmushga uzatishni xohlamasligini, lekin o‘g‘il farzand ko‘rsa, O‘zbekistondan kelin qilish niyati borligini yozgan.

Zamira Ortiqova

Foto: Instagram / @zamiraartikovakurt

Foto: Instagram / @zamiraartikovakurt
«Sevimli» telekanalining yana bir boshlovchisi Zamira Ortiqova 2019 yilda turkiyalik Gurol Kurt bilan turmush qurgan. To‘y Istanbul shahrida ikki yoshning oila a’zolari va eng yaqin do‘stlari qurshovida bo‘lib o‘tgan. Teleboshlovchining to‘yida bir necha o‘zbek shou-biznesi vakillari ham ishtirok etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyaga kelin bo‘lgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)