16:00 / 04.05.2020
2 702

Rossiyada koronavirus asosan yoshlarni «tanlayapti»

Rossiyada koronavirus asosan yoshlarni «tanlayapti»
Foto: «Sport Ekspress»
Koronavirus Rossiyada asosan yoshlarni «tanlayapti», deb yozmoqda «Kp.ru»ga tayanib "Xabar" nashri.
Kasallanganlarning 43 foizi — 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lganlar. Agarda kasallikni yuqtirganlarning 4,3 foizini tashkil etuvchi bolalarni ham bunga qo‘shsa, Rossiyada koronabemorlarning qariyb yarmi yoshlar va o‘rta yoshlilar ekani ayon bo‘ladi.

Ikkinchi o‘rinda — shifoxonalardagi bemorlarning 35 foizini tashkil qilayotgan 45-65 yoshlilar.
Pensionerlar jami kasallanganlar orasida nisbatan kamchilikni tashkil etadi (66-79 yoshlilar — 11 foiz, 80 yoshdan kattalar — 6,7 foiz), ammo jonlantirish bo‘limida ularning ulushi katta.

Bolalar orasida koronavirusdan kasallanish 4,3 foiz. Ayniqsa, ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar kasallikni og‘ir o‘tkazishi aytilmoqda. Rossiya SSV ma’lumot berishicha, mamlakatda koronavirusga chalingan bemorlar orasida 11 nafar bolaning ahvoli og‘ir, ikki nafari vafot etgan.
Rossiya — koronavirus eng ko‘p qayd etilgan 7-mamlakat. Birgina 3 may sanasida 10,5 mingdan ortiq yangi bemor aniqlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada koronavirus asosan yoshlarni «tanlayapti»