23:50 / 04.05.2020
6 417

Harbiy qismdan qochib ketgan rossiyalik askar 15 yildan so‘ng topildi

Harbiy qismdan qochib ketgan rossiyalik askar 15 yildan so‘ng topildi
Foto: «News.myseldon.com»
Tyumenda 15 yil avval harbiy qismdan qochib ketgan askar topildi. Bu haqda «Pod’em» nashri o‘zining «Telegram» kanalida xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Yevgeniy Yujanin qochib ketgandan so‘ng Sverdlovsk va Tyumen viloyatlarida yashab yurgan. Uning qayerdaligini qarindoshlari ham bilishmagan.

Hozir Yujanin 35 yoshda. Unga qarshi jinoiy ish joriy yil aprelda to‘xtatilgan. Tergov qo‘mitasi tafsilotlarga to‘xtalmagan. Biroq jinoiy javobgarlikka tortish muddati tugagan.

Harbiy tergovchilarning so‘zlariga ko‘ra, askarning harbiy qismdan qochishiga arzirli sabab bo‘lmagan. Yigitning qayerdaligini onasi bilan xolasi ma’lum qilgan. Ular Yujanin bilan ko‘rishgani Tyumenga kelishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Harbiy qismdan qochib ketgan rossiyalik askar 15 yildan so‘ng topildi