11:24 / 05.05.2020
9 729

Qozog‘iston O‘zbekistonga nota yo‘lladi (video)

Qozog‘iston O‘zbekistonga nota yo‘lladi (video)
Foto: express-k.kz
Qozog‘iston O‘zbekistonga rasmiy xat yuborib, Sardoba suv omboridagi to‘g‘onning o‘pirilishi haqida to‘liq ma’lumot berishni talab qildi. Turkiston viloyatida 10 aholi punkti suv ostida qoldi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.

Qozog‘iston Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazirligi o‘zbekistonlik hamkasblariga O‘zbekiston tomonidan transchegaraviy suvlarda qurilgan gidrotexnik inshootlar to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berishni so‘rab rasmiy xat yo‘llagan.

Bildirilishicha, Qozog‘iston va O‘zbekiston ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalar me’yorlariga binoan, transchegaraviy daryolarda gidrotexnik inshootlar qurilishi to‘g‘risida qo‘shni mamlakatni xabardor qilish va kelishib olish kerak.
«Sardoba suv ombori esa Qozog‘iston tomoni bilan kelishmasdan turib qurilgan», - deyiladi sayt xabarida.

«Ko‘rsatilgan suv ombori qurilishi biz bilan kelishilmagan. Biz buni bir necha bor O‘zbekiston tomoniga bildirganmiz, ammo biz bu haqda faqat kichik ma’lumotlarni oldik. Bugun biz nota tayyorladik, u Tashqi ishlar vazirligi orqali yuboriladi, unda bizning transchegaraviy suvlarimizda Sirdaryo daryosi havzasida qurilgan barcha ob’ektlarning to‘liq ro‘yxatini taqdim etish so‘ralgan», - dedi Qozog‘istonning ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar bo‘yicha vaziri o‘rinbosari Sergey Gromov.

Qayd etilishicha, to‘g‘onning o‘pirilishi natijasida 276 kvadrat kilometr maydonni suv bosgan, ularning 76 kvadrat kilometri Qozog‘istonda joylashgan.

Gromovning so‘zlariga ko‘ra, 1 may kuni unga O‘zbekiston suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari qo‘ng‘iroq qilib, to‘g‘ondan suv chiqqani haqida xabar bergan va oqim Qozog‘iston hududiga kirmasligiga ishontirgan.

«Shunga qaramay, biz favqulodda evakuatsiya ishlarini tashkil qildik va haq bo‘lib chiqdik. Yaxshiyamki, qurbonlarning oldini olishga, odamlarni va ko‘p sonli chorva mollarini qutqarishga muvaffaq bo‘ldik», - dedi vazir o‘rinbosari.

U mamlakatdagi barcha gidrotexnik inshootlarni to‘liq vizual tekshirish yakunlanganini e’lon qildi. Birinchi navbatda rekonstruksiyaga muhtoj suv omborlari aniqlandi.

Avvalroq, Qozog‘istonning Turkiston viloyati hokimi Umrzoq Shukeyev va Qozog‘iston suv xo‘jaligi sohasining mutaxassislari Maxtaral tumanida yuz bergan suv toshqini masalasi bo‘yicha muzokara o‘tkazish uchun O‘zbekistonning Sirdaryo viloyatiga jo‘nab ketgani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston O‘zbekistonga nota yo‘lladi (video)