21:04 / 07.05.2020
4 201

Dunyo musulmonlari tutayotgan ro‘za vaqtlari qancha farq borligini bilasizmi?

Dunyo musulmonlari tutayotgan ro‘za vaqtlari qancha farq borligini bilasizmi?
Ayni muborak Ramazon oyida dunyoning barcha mintaqalaridagi mo‘min-musulmonlar Islomning besh farzidan biri – ro‘za amalini ado etmoqda.
Ma’lumki, erta tongdan kun botgunga qadar davom etadigan ro‘zadorlik vaqti dunyoning turli joylarida bir-biridan farq qiladi. Ayniqsa, shimoliy qutbga yaqin mamlakatlarda yoz kunlari uzoq davom etgani uchun bu yerlarda saharlikdan iftorlikka bo‘lgan muddat ham uzoqroq bo‘ladi.

Dunyo musulmonlari tutayotgan ro‘za vaqtlari orasidagi farq
Foto: Al-Jazeera

O‘zbekiston musulmonlari idorasining ma’lum qilishicha, shu kunlarda dunyo bo‘yicha ro‘za vaqtlari 21 soatdan 11 soatgacha bo‘lgan oraliqni tashkil etmoqda. Jumladan, Islandiyada bu vaqt 20 soat-u 17 daqiqani (ya’ni soat 02:27 dan 22:44 gacha), Finlyandiya va Grenlandiyada 19 soat 25 va 19 soat 21 daqiqa bo‘lmoqda.

Bu yil Ramazon oyida ro‘zadorlik vaqti eng qisqa bo‘lgan mamlakat Chili bo‘lib, ushbu davlat musulmonlari hozirgi kunda 10 soat 33 daqiqa davomida ro‘za tutishmoqda. Bu vaqtni Islandiya bilan solishtirganda 10 soat 44 daqiqaga qisqa, deganidir.

Shuningdek, ro‘za tutish vaqti 12 soatdan kam bo‘lgan davlatlarni ham sanab o‘tamiz. Misol uchun, Yangi Zelandiya (11 soat 35 daqiqa) va Janubiy Afrika Respublikasi (11 soat 47 daqiqa), Braziliya va Avstraliya musulmonlari esa mos ravishda 11 soat 59 daqiqadan ro‘za tutishmoqda.
Bundan tashqari, Birlashgan Arab Amirliklarida musulmonlar saharlikdan to iftorlikkacha bo‘lgan vaqt 14 soat 52 daqiqa bo‘lmoqda.

O‘zbekistonda esa ro‘zadorlik vaqti 16 soat besh daqiqani tashkil etmoqda. Dunyo mamlakatlari bilan solishtirganda Yurtimiz musulmonlari deyarli o‘rtacha vaqt davomida ro‘za amalini ado etmoqda.
Alloh taolo O‘zi mukofotini beradigan ro‘za amalini ixlos bilan mukammal ado etishni barcha mo‘min-musulmonlarga nasib qilsin!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyo musulmonlari tutayotgan ro‘za vaqtlari qancha farq borligini bilasizmi?