06:00 / 08.05.2020
2 357

Saakashvili Ukrainada islohotlar bo‘yicha ijroiya qo‘mitasi rahbari etib tayinlandi

Saakashvili Ukrainada islohotlar bo‘yicha ijroiya qo‘mitasi rahbari etib tayinlandi
Foto: Zuma /TASS
Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Ukraina prezidenti huzuridagi milliy islohotlar kengashi tarkibiga kiruvchi islohotlar bo‘yicha ijroiya qo‘mitasi rahbari etib tayinlandi.
Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning tegishli farmoni e’lon qilindi.

Internet Invest Group xoldingi, Imena.ua va Mirohost internet kompaniyalari prezidenti Aleksandr Olshanskiy Saakashvilining o‘rinbosari etib tayinlandi.
22 aprel kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Mixail Saakashviliga bosh vazirning islohotlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini taklif qilgani ma’lum bo‘ldi.

Ushbu xabardan so‘ng Gruziya bosh vaziri Georgiy Gaxariya agar Mixail Saakashvili Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari etib tayinlanadigan bo‘lsa, Kiyevdagi elchi chaqirib olinishini bildirdi.

Vladimir Zelenskiy Saakashviliga 2019 yilda Ukraina fuqaroligini qaytargandi. Uning fuqaroligi 2017 yilda sobiq prezident Petro Poroshenko tomonidan bekor qilingan.

Saylovoldi dasturida ham Zelenskiydan Saakashvili borasida fikrlarini so‘rashgandi va u Gruziya sobiq prezidentini Yevropada demokratiyani ta’minlash uchun kurashgan, korrupsiyaga qarshi kurashda tajribasi bor, deb maqtagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saakashvili Ukrainada islohotlar bo‘yicha ijroiya qo‘mitasi rahbari etib tayinlandi