06:30 / 08.05.2020
2 776

Donald Tramp koronavirusni Ikkinchi jahon urushi bilan taqqosladi

Donald Tramp koronavirusni Ikkinchi jahon urushi bilan taqqosladi
Foto: BBC
AQSH prezidenti Donald Tramp COVID-19 pandemiyasini Ikkinchi jahon urushi vaqtida Perl-Xarbor harbiy bazasiga uyushtirilgan hujum bilan taqqosladi. Bu haqda BBC xabar berdi.

«Biz mamlakatimizga uyushtirilgan eng yomon hujumni boshdan o‘tkazdik. Bu Perl-Xarbordan yomonroq, bu 11 sentabrdan yomonroq», — deya bayonot bergan Donald Tramp.
AQSH prezidentining qo‘shimcha qilishicha, u pandemiyani xuddi urushdek qabul qilmoqda.

AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo 3 may kuni Vashington koronavirus Uxandagi laboratoriyada tarqalishni boshlaganini isbotlovchi ma’lumotlarga ega ekanligini ma’lum qilgan. Biroq keyinchalik u olimlarning koronavirus tabiiy usulda paydo bo‘lgani haqidagi bayonotidan xabardor ekanligini qo‘shimcha qilgan va ularning aniqligiga shubha bildirmagan. Shundan keyin u virusning tarqalishi qandaydir maqsad yoki hodisaga bog‘liqligi haqidagi savolga javob bermagan.

Perl-Xarbor Gavayi orollarida joylashgan port bo‘lib, uning katta qismi AQSH Harbiy-dengiz kuchlarining Tinch okeani floti bazasiga tegishli. 1941 yilning 7 dekabr kuni Yaponiya Perl-Xarbor bazasiga hujum uyushtirgan. Natijada 21 ta jangovar kema, 350 ta samolyot yo‘q qilingan yoki jiddiy zarar ko‘rgan, 2390 kishi halok bo‘lgan va 1700 nafardan ortiq odam jarohat olgan. Mazkur hujumdan keyin AQSH Ikkinchi jahon urushiga qo‘shilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donald Tramp koronavirusni Ikkinchi jahon urushi bilan taqqosladi