22:38 / 08.05.2020
2 651

Koronavirus oddiy grippdan 10 barobar xavfliroq ekanligi aniqlandi

Koronavirus oddiy grippdan 10 barobar xavfliroq ekanligi aniqlandi
Foto: Reuters
AQSHda SARS-CoV-2 koronavirusi oqibatida yuzaga kelayotgan o‘rtacha o‘lim holati ko‘rsatkichlari mavsumiy oddiy grippdan 10 barobarga ko‘proq ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Health Affairs nashrida so‘z boradi.

Sietldagi Vashington universitetining farmatsevtika fakulteti hisob-kitoblariga ko‘ra, mavsumiy grippda o‘lim ko‘rsatkichi jami kasallarning 0,1 foizini tashkil etadi, koronavirusda esa ushbu ko‘rsatkich 1,3 foizga teng.

Tadqiqotchilar AQSHda 20 aprelga qadar qayd etilgan koronavirusga chalinish bo‘yicha 40 835 ta hamda 1620 ta o‘lim holatini tahlil uchun olgan.
Shu bilan birga, mintaqaga qarab juda katta tafovutlar aniqlandi: Nyu-York shtati Patnem okrugida 0,5 foiz, Vashington shtati King okrugida esa — 3,6 foizgacha.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus oddiy grippdan 10 barobar xavfliroq ekanligi aniqlandi