09:19 / 09.05.2020
2 631

Belarus prezidentligiga bo‘ladigan saylovda Lukashenkoga raqib paydo bo‘ldi

Belarus prezidentligiga bo‘ladigan saylovda Lukashenkoga raqib paydo bo‘ldi
Foto: Twitter /onlinerby
Belarusdagi yuqori texnologiyalar parki tashabbuskori va asoschisi Valeriy Sepkalo Belarus prezidentligiga bo‘ladigan saylovda o‘z nomzodini ilgari surmoqchi ekanligini ma’lum qildi.

"Men Belarus Respublikasi prezidentligiga nomzodimni qo‘yishga qaror qildim. Buning uchun menda boshqaruvchilik va hayotiy tajriba yetarli. Turli mamlakatlardagi siyosiy va ishbilarmon doiralar bilan jiddiy aloqalarga egaman, bundan Belarus xalqining farovonligi uchun foydalanishga tayyorman", - deb yozdi Sepkalo Facebook sahifasida.

Sepkalo o‘z qarorini izohlar ekan, "dunyoda inqilob yuz bergani"ni va "ibtidoiy "boshqaruv vertikali" o‘rniga davlat va jamiyat boshqaruvining sheriklik, hamkorlik va gorizontal harakatlarga asoslangan yangi uslublari kelgani"ni qayd etdi.

"Bu inqilob Belarusni chetlab o‘tdi. Chorak asrdan ortiq vaqt davomida mamlakat qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlandi", - deb qo‘shib qo‘ydi u.
Uning fikricha, Belarusda ertangi kun muammolari hal etilmayapti.

"Buning o‘rniga ma’nosiz "hosil uchun kurashlar", yog‘ochni qayta ishlash va sement sanoati "modernizatsiyasi", to‘qimachilik kombinati, sellyuloza fabrikasini qutqarish, cho‘chqaxona va molxonalarga borish hamda "tekinxo‘r" va "yalqovlar"ga qarshi kurashish bilan bandmiz. Bularning bariga ulkan kuch, pul, vaqt va energiya sarflanyapti", - deb qayd etdi u.

Sepkalo 1997 yildan 2002 yilgacha Belarusning AQSH va Meksikadagi elchisi bo‘lgan. 2005 yildan 2017 yilgacha yuqori texnologiyalar parki direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Belarusda prezident saylovi 9 avgustda bo‘lib o‘tadi, bu haqdagi qaror juma kuni milliy majlis vakillar palatasining navbatdan tashqari yig‘ilishida qabul qilindi.

Avvalgi prezident saylovi 2015 yil 11 oktabrda bo‘lib o‘tgan, Aleksandr Lukashenko 83,5 foiz ovoz to‘lab g‘alabaga erishgandi. Lukashenko 1994 yildan beri mamlakat prezidenti bo‘lib kelmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Belarus prezidentligiga bo‘ladigan saylovda Lukashenkoga raqib paydo bo‘ldi