Foto: AP Photo / Rahmat Gul
Afg‘oniston hukumati ayni paytda “Tolibon” harakatining ming nafar a’zosini ozodlikka chiqardi, deb ma’lum qildi mamlakat milliy xavfsizlik kengashi.
"Koronavirusga qarshi kurashish va tinchlik o‘rnatish yo‘lida hukumat ming nafar mahbus tolibni ozodlikka chiqardi. Endi "Tolibon" Afg‘oniston mudofaa va xavfsizlik kuchlari xizmatchilarini ozod qilishni tezlashtirishi va hukumat bilan bevosita muzokaralarga tayyorlanishi lozim. Buni kechiktirib bo‘lmaydi", - deyiladi kengashning Twitter sahifasida.
Toliblar Afg‘oniston hukumatidan AQSH bilan kelishuvga muvofiq besh ming nafar mahbusni ozod qilishni talab qilmoqda. Hukumat bosqichma-bosqich 1,5 ming mahbusni ozod qilishga rozi bo‘ldi.
29 fevralda Dohada AQSH va toliblar o‘rtasida kelishuv imzolangandi. Kelishuvga ko‘ra, AQSH 14 oy ichida o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketishi, mahbuslar almashinuvidan so‘ng tinchlik yo‘lidagi muloqot boshlanishi lozim edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi