20:30 / 09.05.2020
2 475

Sayohatchilar uchun «xavfsiz yo‘lakcha»

Sayohatchilar uchun «xavfsiz yo‘lakcha»
Foto: «Zen.yandex.ru»
Gretsiya koronavirus pandemiyasini muvaffaqiyatli yengib o‘tgan davlatlar o‘rtasida sayohat qilish imkonini beruvchi «xavfsiz yo‘lak»ni yaratishni taklif qildi. Bu haqda «Greek City Times» xabar berdi.

Gretsiya bosh vaziri Kiriakos Mitsotakisning ta’kidlashicha, bunday chora chegaradagi cheklovlarni olib tashlagandan so‘ng sayyohlikning tez tiklanishiga hamda yoz faslidayoq kurortlarning ochilishiga yordam beradi.

Mitsotakis bu taklifini virusli infeksiyan yenggan yoki uni deyarli bartaraf etgan yettita davlat rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan videokonferensiyada ilgari surdi. Bular Avstriya, Daniya, Norvegiya, Isroil, Singapur, Chexiya va Avstraliya.

«Xavfsiz yo‘laklar» — gigiyenik standartlar va protokollar bo‘lib, ular sayyohlarga o‘zlari va tashrif buyurayotgan mamlakatlar aholisi uchun xavf tug‘dirmasdan xavfsiz sayohat qilish imkonini beradi. Ular samolyotda parvoz qilish, mehmonxonalarga joylashish, diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilish qoidalariga amal qilishi zarur.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sayohatchilar uchun «xavfsiz yo‘lakcha»