08:48 / 10.05.2020
3 371

Ikkinchi jahon urushi xotirasi siyosiylashtirilmoqdami?

Ikkinchi jahon urushi xotirasi siyosiylashtirilmoqdami?
Foto: Google Photos
Nufuzli nemis nashri Der Spiegel’ning yozishicha, Ikkinchi jahon urushining tugaganiga 75 yil vaqt bo‘lgan bir vaziyatda yangi urush o‘ta faollashib ketdi va bu urush asosan o‘tmishdagi urush tarixini kim qanday yoritilishini qabul qilishiga bog‘liq bo‘lib qoldi.

Germaniyaning bosh maydoni – Reyxstag va kansler ishxonasi orasida urush tugaganining 75 yilligi munosabati bilan ulkan bir tadbir o‘tkazilishi, tadbirda butun Yevropa qit’asi va Isroildan taklif qilingan faol yoshlar qatnashishi va Germaniya federativ respublikasining yuqori mulozimlari ishtirok etib nutq so‘zlashi rejalashtirildi. Biroq…

Koronavirus keldi-yu, yuqori nemis mulozimlari tin olib nafas oldi. Urush tugagani munosabati bilan belgilangan tadbir Noye Vaxe – urush qurbonlari xotirasi maydoniga gul qo‘yish bilan o‘tkaziladigan bo‘ldi. Tadbirda kansler Angela Merkel, prezident Frank Valter Shtaynmayer, Bundestag raisi Volfgang Shoyble, mahalliy parlament a’zolari va konstitutsiyaviy sud raislari ishtirok etadigan bo‘ldi. Germaniyadagi bu tadbir 15 daqiqalik tadbirga aylanadigan bo‘ldi. Rasmiy Kremldagi parad ham koronavirus sabab noma’lum muddatga qoldirildi. Nemis hukumatidagilarning fikrlariga ko‘ra, hozirda bunday tadbirlar ancha siyosiylashgan.

So‘nggi paytlarda 75 yil avval yakuniga yetgan dunyo aholisining 60 millioni hayotiga zomin bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi bugun turli mamlakatlarda va davralarda turli bahs-munozaralarga ham sabab bo‘lib kelmoqda. Shu sababdan Ikkinchi jahon urushi atrofidagi bahslarni o‘ziga xos siyosiy jang maydoniga qiyos qilish mumkin. Tarix qurolga, geosiyosatning vositasiga aylangan so‘z urushiga aylandi. Bu urushda asosiy front chizig‘i ayni damda Polsha va Rossiya o‘rtasida o‘tmoqda. Hissiyotga to‘la ijtimoiy bahslarda aybdorlikni ag‘darishda buyuk muhorabada kim urushning qurboni bo‘lganu, kim ko‘proq aziyat chekkanini isbotlashda Yevropa qit’asining boshqa mamlakatlari ko‘proq kim tarafda ekanini aniqlashdan iborat bo‘lib qoldi.

Germaniya esa sukut saqlagancha betaraflik chirog‘ini yoqib olgan. Germaniya shu manzarada go‘yoki yaxshi taassurot uyg‘otmayotgandek. Koronavirus esa Germaniyaga qo‘l kelib qoldi. Sababi nemis rahbariyati urush qurbonlarini kim bilan nishonlash-u, kimni tadbirga taklif qilish borasida boshi qotib turgan edi. Putin Angela Merkel va Frank Valter Shtaynmayerni 9 may paradiga taklifnoma yuborgan bo‘lsada, rasmiy Belvyu qasri mulozimlari taklifga javob yo‘llashga shoshilmadi.

Moskvadagi rahbariyatning avzoyi buzila boshladi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Xitoy rahbari janob Si taklifni qabul qilib, ishtirok etish istagini ertaroq bildirdi, ammo 1941 yilda SSSRga bostirib kirishga ahd qilgan Germaniya jim. Putin buni o‘zicha haqorat deb qabul qilgan bo‘lishi ehtimoli ham mavjud. Bundan besh yil muqaddam Ukrainadagi inqiroz avj olgan bir vaziyatda Merkel xonim Moskvadagi paradda ishtirok etmasligini bayon qilgan, ammo ertasiga Kreml devorlari yonidagi Noma’lum askar haykali poyiga gul qo‘yish uchun yetib kelgan edi.

Foto: Google Photos
Hozirda Ikkinchi jahon urushini talqin qilishda ikki dunyoqarash murosasiz bahsga kirishgan. Birinchisi, Molotov ava Ribbentrop imzolagan bitim va bu bitimdan kelib chiqadigan maxfiy bandlar Sovet Ittifoqini urush o‘chog‘ini kengaytirishda ishtirok etgani borasida aybdor qiladimi degan masala. Ikkinchisi esa 1985 yilda o‘sha vaqtlardagi Germaniya Federativ Respublikasining sobiq prezidenti Rixard fon Vayzsekker ishlatgan bir atama – «ozodlik».

Germaniya tarafi 1945 yilning bahorida Vermaxt armiyasining tor-mor qilinishini ozodlik deb yoyinlasada, polyaklar, boltiqbo‘yi xalqlari va Sharqiy hamda Markaziy Yevropadagi xalqlar orasida bu borada mutlaqo boshqacha fikrni qabul qilish odat. 9 may shubhasiz nemis okkupatsiyasidan ozodlikni olib keldi, shu bilan birga stalinizmga qaramlikdek tushunchaning ham paydo bo‘lishiga turtki berdi. Xotiraga nisbatan ikkiyoqlama qarashning mavjudligi esa noto‘g‘ridek.

Stalin Gitler bilan tinchlik bitimini imzolar ekan, bu amalda Polsha o‘z mustaqilligidan ayrilishini anglatar edi. Ammo Stalin va Gitler o‘rtasida bitim bo‘ladimi yoki yo‘q, Germaniya oxir oqibatda Polshaga bostirib kirishi ham bor gap. Bu esa Ikkinchi jahon urushi uchun nasistlar Germaniyasiga bor mas’uliyatni yuklaydi. Yevropa Ittifoqidagi siyosiy ruh ham o‘zgardi. Qizil Armiya va SSSRga bo‘lgan qarash ham g‘arbning sharqqa qadar yoyilishi bilanoq o‘zgardi. Bugun ruslar urush qurbonlari va ozodlik keltiruvchilar deb emas, ko‘proq jinoyatchi va bosqinchilar sifatida e’tirof etila boshlandi.

O‘tgan yilning sentabr oyida Yevropa Ittifoqining «Yevropa kelajagi uchun urushning xotirasi haqidagi» qarorida nemislarning Polshaga hujumi Gitler va Stalin o‘rtasida imzolangan bitimning natijasi deya e’tirof etildi. Parlament tomonidan tarixni baholashda belgilab qo‘yiladigan me’yorlar, odatda, noxolis bo‘lishi ham turgan gap. Bundan esa nemis natsional sotsializmi bilan bir qatorda stalinizm ham totalitar, dunyoni bosib olishga uringan rejimlar deya topiladi. Bu esa Putinga yoqmadi. Janob Putin rasmiy Varshavaning Berlindagi elchisini «antisemit cho‘chqasi», tarixni soxtalashtirayotgan g‘arbliklarni «ovozini o‘chirib qo‘yish» bilan tahdid qildi.

G‘arbda urushda ishtirok etgan Qizil armiya ahamiyatining pasaytirilayotgani Rossiya uchun og‘riqli qabul qilinmoqda. Shunday vaziyatda urush xotiralarini siyosiylashtirishga urinish tobora bahslar maydoniga aylanib, Rossiya va G‘arb o‘rtasida jarlik paydo qilmoqda. Rossiya ham Ikkinchi jahon urushini Kreml istaganidek talqin qilinishini xohlayotgan bo‘lsa, Polsha ham bu tarixni polyakcha qabul qilinishini istamoqda.

Jahongir Ergashev tayyorladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ikkinchi jahon urushi xotirasi siyosiylashtirilmoqdami?