18:57 / 10.05.2020
3 159

Germaniyada o‘zbek xalqining mard o‘g‘lonlari xotirasiga yodgorlik o‘rnatildi

Germaniyada o‘zbek xalqining mard o‘g‘lonlari xotirasiga yodgorlik o‘rnatildi
Foto: Dunyo AA
O‘zbekistonning Berlindagi elchixonasi o‘zbek harbiylari xotirasiga yodgorlik o‘rnatdi. Bu haqda "Dunyo" nashri xabar qildi.
Yodgorlikning ochilish marosimida ishtirok etgan Detmold okrugining prezidenti Yudit Pirsher Ikkinchi Jahon urushida halok bo‘lgan va jang qilganlarning xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha O‘zbekistonda ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga yuqori baho berdi.

Mamlakatda 9 mayni Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlash, urushda halok bo‘lganlarning xotirasiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish yuksak hurmatga loyiqdir. Ikkinchi Jahon urushi yillarida, “Shtalag 326” harbiy lagerasiga olib kelingan asirlar orasida 360 nafar o‘zbekistonlik ham bo‘lgan. Ularning xotirasini abadiylashtirish, oxirgi boshpanasini topish - bu juda ulug‘vor ish”, - dedi u.

Foto: Dunyo AA
O‘zbekiston elchixonasi "Shtalag 326" (Stalag 326 VI K Senne) lageri joyida tashkil etilgan muzey bilan bilan hamkorligi tufayli Germaniyaning Shimoliy Reyn-Vestfaliya Shtukenbrok shahrida va mahalliy arxiv yordamida 1941-1945 yillarda asirga olingan o‘zbek askarlari bu yerga keltirilganligi to‘g‘risida muhim ma’lumotlarni to‘plashga muvaffaq bo‘lishdi.

Lagerga tushib qolgan 360 nafar o‘zbekistonliklardan 35 nafari "Shtukenbrok" harbiy qabristoniga dafn etilgan. 2018-2019 yillarda O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan materiallarni o‘rganish natijasida yana 20 nafar o‘zbekistonlik bu yerda dafn etilgani ma’lum bo‘ldi.

Arxivlarda ba’zilari to‘g‘risida ma’lumotlar saqlanib qoldi: bular 1943 yil 5 mart kuni vafot etgan buxorolik Nurali Safarov, 1944 yil 9 iyul kuni vafot etgan Toshkent viloyatidan Abdurahmon Ruzmetov, 1943 yil 2 iyun kuni vafot etgan samarqandlik Musa Isayev, 1944 yil 24 iyulda vafot etgan toshkentlik Anarbay Mirzaaxmedov, 1943 yil 13 yanvarda vafot etgan buxorolik Safar Kamolov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada o‘zbek xalqining mard o‘g‘lonlari xotirasiga yodgorlik o‘rnatildi