22:20 / 10.05.2020
3 692

Xitoylik olim koronavirusning eng xavfli xususiyatini oshkor etdi

Xitoylik olim koronavirusning eng xavfli xususiyatini oshkor etdi
Foto: Reuters
SARS-CoV-2 koronavirusining yuqori darajadagi yuqimlilik xavfi COVID-19 kasalligini keltirib chiqaradigan eng zararli xususiyatlaridan biri ekanligi aytildi. Bu haqda xitoylik virusolog, professor Chjun Nanshan «Xuansyuvan» portaliga ma’lum qilgan.

Professorning aytishicha, SARS-CoV-2 mavsumiy gripp, O‘RVI yoki MERS koronavirusidan ko‘ra tezroq va yengilroq tarzda yuqadi. Shu sababli ushbu infeksiyaga qarshi kurashda 4 asosiy tamoyilga amal qilish lozim: himoyalanish, infeksiyani erta bosqichda tezkor aniqlash, diagnostika qilish va izolyatsiyani barvaqtroq amalga oshirish talab qilinadi, degan Chjun Nanshan.

Muddatidan avval himoyalanish — bu tibbiy niqob, qo‘lqop taqish, qo‘llarni tez-tez yuvish va ijtimoiy masofalanishga rioya qilish. Ushbu choralar odamni himoya qiladi, sababi koronavirus bevosita muloqot va turli buyumlarni ushlash, ulardan foydalanish oqibatida yuqadi.

Infeksiyani dastlabki bosqichda aniqlashda odamlar to‘planadigan joylarda isitmani o‘lchashni yo‘lga qo‘yish talab qilinadi. Shuningdek, shubhali belgilar namoyon bo‘lganda zudlik bilan shifokorlarga murojaat qilish lozim. Bunday belgilarga isitma, quruq yo‘tal va avval kuzatilmagan kuchli charchoq kiradi.

Diagnostika qilish kasalxonalarda koronavirusga chalinganlar va odatiy bemorlarni bir-biriga aralashtirib yubormaslikni ta’minlaydi. Professor buning uchun ambulator sharoitlarda tadqiqotlar o‘tkazish zarurligini qayd etdi.
Erta izolyatsiya qilish esa sog‘lom odamlarning kasallanganlar bilan muloqotlari sonini keskin kamaytiradi.

Avval AQSHda olimlarning SARS-CoV-2 koronavirusi odamlar orasida tez tarqalishining sababi unda boshqa koronaviruslar SARS-CoV-1 — atipik pnevmoniya virusi va HCoV-HKU1 zararsiz odam koronavirusining genomlari mavjudligi ekanini aniqlagandi. Atipik pnevmoniya virusi uncha xavfli emas, biroq o‘ta yuqumli va yuqori letallik darajasiga ega, HCoV-HKU1 esa aksincha, o‘ta yuqumli, biroq deyarli xavfsiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoylik olim koronavirusning eng xavfli xususiyatini oshkor etdi