00:09 / 11.05.2020
3 098

Shotlandiyada noyob oq rangli olmaxon suratga olindi

Shotlandiyada noyob oq rangli olmaxon suratga olindi
Shotlandiyaning Dankeld shahri Pert-end-Kinross okrugida yashovchi fotograf noyob oq rangli olmaxonni suratga oldi. Daily Mail nashri noodatiy jonivorning suratlariga e’tibor qildi.
Kris Eddington uyi yaqinida sayr qilib yurganida leykizmga uchragan olmaxonni ko‘rib qolgan.

Suratlarda oq rangli olmaxonning daraxt tagida o‘tirganini ko‘rish mumkin.
«Men avval hech qachon bunaqa olmaxonni ko‘rmagandim», — deydi fotograf.

Eddingtonning olgan rasmlari Edinburgda joylashgan olmaxonlarni himoya qilish bo‘yicha tashkilotda ham qiziqish uyg‘otgan. Tashkilot vakili AnnMari MakMaster Eddingtonning suratlari ajoyib ekanligini ta’kidlagan.

Leykizm — jonivorlarning ustki qoplami rangining o‘zgarishi hisoblanadi. Ushbu kasallikda jonivorlarda pigment to‘qimalari umuman bo‘lmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shotlandiyada noyob oq rangli olmaxon suratga olindi