10:53 / 11.05.2020
3 058

Amerika farmatsevtika kompaniyasi 1 milliard dona vaksina ishlab chiqarmoqchi

Amerika farmatsevtika kompaniyasi 1 milliard dona vaksina ishlab chiqarmoqchi
Amerikadagi Johnson & Johnson farmatsevtika kompaniyasi 2021 yilda koronavirusga qarshi bir milliard dona vaksina ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya direktori Pol Stoffels ma’lum qilgan.

Uning aytishicha, vaksina ishlab chiqarish joriy yilning oxiriga qadar boshlanishi kutilmoqda. Johnson & Johnson vaksina ishlab chiqarish uchun bir milliard dollar mablag‘ ajratadi.

Biroz vaqt muqaddam Vashington shtatidagi Sietl shahrida sog‘lom odam — 44 yoshli Jennifer Xaller koronavirusga qarshi vaksina bilan emlangan edi. 11 aprelda Rossiyada «Vektor» xodimi Aleksey Kabanovga sinov tariqasida vaksina yuborilgan.

6 may sanasida esa italiyalik olimlar koronavirusni zararsizlantira oladigan vaksina topgani xabar qilindi. Uning samaradorligi tajriba sichqonlarida sinab ko‘rilgan. Odamda sinab ko‘rish ishlari esa 2020 yilning kuzida boshlanishi kutilmoqda.

Ayni vaqtga kelib butun dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 4 milliondan oshib ketdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerika farmatsevtika kompaniyasi 1 milliard dona vaksina ishlab chiqarmoqchi