14:48 / 11.05.2020
3 448

Rossiya Britaniya va Italiyani ham ortda qoldirib, uchinchi o‘ringa chiqdi

Rossiya Britaniya va Italiyani ham ortda qoldirib, uchinchi o‘ringa chiqdi
Foto: Getty Images
Rossiyada so‘nggi bir kunda koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq 11 656 holat qayd etildi va jami zararlanish holatlari soni 221 344taga yetdi.
Shu tariqa, Rossiya dushanba kuni kasallanish holatlari soni bo‘yicha Britaniya va Italiyani ortda qoldirdi. Endilikda ushbu mamlakat rasmiy tasdiqlangan holatlar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘ringa chiqdi.

So‘nggi bir kunda yangi zararlanish holatlari Rossiyaning barcha 84 regionida qayd etilgan. Shundan 6 169 holat poytaxt Moskvaga to‘g‘ri keladi. Shaharda Covid-19 bilan kasallanish holatlari soni 115 909taga yetdi.

Bu borada ikkinchi o‘rinda Moskva oblasti (1 079 yangi holat, jami holatlar soni 20,6 ming), uchinchi o‘rinda - Sankt-Peterburg (307 yangi holat, jami holatlar soni 7,7 ming) joylashgan.

So‘nggi bir kunda koronavirus bemorlarining 94 nafari vafot etdi. Shu tariqa, jami qurbonlar soni 2 009 nafarga yetdi.
Yakshanba kuni shifoxonalardan jami 5 495 kishiga javob berilgan va shu vaqtgacha tuzalganlar soni 39 801 nafarga yetgan.

Dushanba kuni Rospotrebnadzor Rossiyada shu vaqtgacha 5,6 milliondan ortiq test o‘tkazilganini ma’lum qildi. So‘nggi bir kunda jami 188 ming kishi koronavirusni aniqlash bo‘yicha test topshirgan.

Rossiyada so‘nggi to‘qqiz kun davomida kunlik kasallanish holatlari soni 10 mingdan kam bo‘lmayapti. 7 may kuni Rossiya jahon reytingida Germaniya va Fransiyani ortda qoldirib, beshinchi o‘ringa ko‘tarilgan, yakshanba kuni esa mamlakatda koronavirusdan zararlanish holatlari 200 mingdan oshgandi.

Niqob taqish majburiy

Ilinka ko‘chasi
Foto: Valeriy Sharifulin/TASS

12 may kunidan e’tiboran Moskvada va Moskva oblastida «maskali rejim» kuchga kiradi. Transportda, jamoat joylarida va ishlab chiqarish hududlarida tibbiy niqobda yurish shart hisoblanadi. Niqobsiz yurganlar 4-5 ming rubl miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.

Moskva transport departamenti yakshanba kuni transport foydalanuvchilarining yarmidan ko‘prog‘i niqob taqayotgani, qo‘lqop taqayotganlar esa - atigi 20 foizni tashkil qilayotgani haqida ma’lumot bergandi. 4 may kunidan yo‘lovchilar metroda 13 ming niqob va 6 ming qo‘lqop sotib olishgan.

Bundan avvalroq Moskva meri Sergey Sobyanin o‘zini izolyatsiyalash va shaharda maxsus ruxsatnoma bilan harakatlanish rejimi 31 mayga qadar uzaytirilganini ma’lum qilgandi.

Arxangels oblastida ishlanmaydigan kunlar 31 mayga qadar uzaytirilgan. Bu oblastda 457 bemor bor, ularning 8 nafari og‘ir ahvolda deb baholanmoqda, kasallanish holatlarining yarmida tashqi simptomlar kuzatilmagan.

Bugan RF prezidenti Vladimir Putin ishtirokidagi yig‘ilishda «umumiy dam olish kunlari»ni uzaytirish masalasi muhokama qilinishi kutilmoqda.

Aprel oyi oxirida Putin uchinchi marta ishsiz kunlar rejimini uzaytirgan va hukumatga 5 maygacha karantindan chiqish bo‘yicha reja ishlab chiqishni topshiriq qilgandi.

Rossiyada bu yil «O‘lmas polk» shu ko‘rinishda o‘tkazildi / REUTERS
Rossiyada dam olish kunlari 25 martda boshlangandi, 2 aprel kuni prezident ishlanmaydigan kunlar oy oxirigacha davom etishini e’lon qildi. O‘shanda Putin Konstitutsiyaga o‘zgartirish bo‘yicha umumxalq referendumi qoldirilganini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Britaniya va Italiyani ham ortda qoldirib, uchinchi o‘ringa chiqdi