07:56 / 12.05.2020
1 797

Britaniyada karantinni buzganlik uchun jarimalar miqdori qariyb ikki baravarga oshirildi

Britaniyada karantinni buzganlik uchun jarimalar miqdori qariyb ikki baravarga oshirildi
Foto: AP
Buyuk Britaniyada karantinni buzganlik uchug jarimalar qariyb ikki baravarga – 100 funt sterlinggacha oshiriladi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Boris Jonson ma’lum qildi.

"Karantinni buzganlar uchun yangi jarima miqdori 100 funt sterling bo‘ladi yoki jarimani darhol to‘laganda (14 kun ichida) 50 funtni tashkil etadi. Qoidabuzarliklar takrorlanadigan bo‘lsa jarima 3,6 ming funtgacha yetishi mumkin", - dedi Jonson.
Politsiya karantinni buzganlarga nisbatan mart oxirida qabul qilingan qonun bo‘yicha chora ko‘rish vakolatiga ega bo‘ldi.

Avvalroq Boris Jonson aholiga telemurojaati chog‘ida 13 maydan koronavirus tarqalishiga qarshi joriy etilgan cheklovlar yumshatilishini ma’lum qilgandi.
Xususan, aholiga oftobda toblanish, mashina minish, sport bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi. Ikki kishi sport bilan shug‘ullanganida ular bir oilada yashaydiganlar bo‘lishi lozim.

Hukumat shuningdek, aholini jamoat transportidan foydalanmaslikka chaqirdi. Odamlarga piyoda, velosipedda yoki shaxsiy avtomobillarida yurish taklif etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyada karantinni buzganlik uchun jarimalar miqdori qariyb ikki baravarga oshirildi