11:34 / 12.05.2020
2 425

Milanda koronavirus kanalizatsiya orqali tarqalishi kuzatildi

Milanda koronavirus kanalizatsiya orqali tarqalishi kuzatildi
Italiyalik shifokorlar Milan kanalizatsiyalari orqali koronavirus tarqalishini kuzatishdi va virus mamlakatga daryo, ko‘l va boshqa suv havzalari orqali kirib kelishi mumkin, degan xulosaga kelishdi.

Biroq o‘tkazilgan laboratoriya tadqiqotlariga ko‘ra, bu holat insonga va tabiat ekotizimiga xavf solmaydi. Olimlar Italiyaning shimolida infeksiya tashuvchilarning katta qismini hisobga olib, Milan kanalizatsiyalarida ko‘plab virus zarralarini aniqlashdi.

Olimlar barcha urinishlariga qaramay, tajriba davomida qancha ko‘p iflos suvni qo‘llashmasin, o‘stirilayotgan hujayralarni viruslar bilan zararlay olishmadi.

Shifokorlarning taxminicha, virus zarralari suvga tushganda uzoq vaqt hayotiyligi saqlanib qolmaydi — 7-13 soat davomida nobud bo‘ladi. O‘z navbatida, suvga xlor aralashtirish bilan tarkibidagi Covid-19 ning barcha nasliy izlari to‘la tozalandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Milanda koronavirus kanalizatsiya orqali tarqalishi kuzatildi