15:55 / 12.05.2020
3 325

Tramp koronavirus pandemiyasi vaqtida nima sababdan tibbiy niqob taqmayotganini tushuntirdi

Tramp koronavirus pandemiyasi vaqtida nima sababdan tibbiy niqob taqmayotganini tushuntirdi
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Donald Tramp koronavirus pandemiyasi vaqtida hech kimga yaqinlashmayotgani sabab tibbiy niqob taqishga ehtiyoj sezmayotganini bildirdi. Bu haqda u Oq uyda o‘tkazilgan brifing vaqtida ma’lum qildi, deb xabar beradi C-SPAN telekanali.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Oq uy xodimlari unga nisbatan masofa saqlamoqda. «Men hech kimga yaqinlashmayapman», — deydi Tramp.
Prezidentning ta’kidlashicha, Oq uyda barcha niqob taqib yurmoqda. «Bugun kimni uchratgan bo‘lsam, niqob taqib olgan edi», — deydi Amerika yetakchisi.

The Wall Street Journal’ning yozishicha, Oq uy xodimlariga bino ichida tibbiy niqobda yurish majburiyati yuklangan. Bunda faqat o‘z ish stoli oldida o‘tirganda niqobni yechib qo‘yish mumkin.

Prezident administratsiyasining ta’kidlashicha, Tramp va vitse-prezident Maykl Pens himoya vositalarini taqib yurishga majbur emas. Nashrning ma’lumotlarga ko‘ra, bu kabi ko‘rsatma Oq uyning ikki nafar xodimida koronavirus aniqlanganidan so‘ng berilgan.
Avvalroq AQSH vitse-prezidentining matbuot kotibida koronavirus aniqlangani to‘g‘risida xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyining boshlarida Donald Tramp aholiga niqob taqishni tavsiya qilgani, lekin o‘zi bu tavsiyaga amal qilmasligini aytgan edi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirus bilan kasallanganlar soni 1,347 milliondan, COVID-19 qurbonlar esa — 80 ming kishida oshgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp koronavirus pandemiyasi vaqtida nima sababdan tibbiy niqob taqmayotganini tushuntirdi