18:00 / 12.05.2020
2 311

Saudiya Arabistoni, Quvayt va BAA neft qazib olishni yanada kamaytiradigan bo‘ldi

Saudiya Arabistoni, Quvayt va BAA neft qazib olishni yanada kamaytiradigan bo‘ldi
Foto: Daniel Radicevic / imagebroker.com / Global Look Press
OPЕK+ davlatlari 12 apreldagi tezkor videoanjumanda neft qazib olish hajmini qisqartirish bo‘yicha kelishuvga erishgandi. Bu kelishuv may-iyunda neft qazib olish hajmini kuniga 9,7 mln, iyul-dekabrda 7,7 mln, 2021 yil yanvar-2022 yil aprelda 8,8 mln barrelga qisqartirishni ko‘zda tutadi.

Fors ko‘rfazining birdaniga uchta davlati iyunda neft qazib olishni OPЕK+ kvotasidan tashqari yanada qisqartirishini e’lon qildi. Gap Saudiya Arabistoni, Quvayt va Birlashgan Arab Amirliklari haqida bormoqda, deb xabar berdi Reuters agentligi.

Saudiya hukumati iyundan neft qazib olishni sutkasiga qo‘shimcha 1 mln barrelga qisqartirishga qaror qildi. Shu tarzda iyunda ushbu mamlakatda neft ishlab chiqarish sutkasiga 8,5 mln barrel o‘rniga 7,5 mln barrelni tashkil etadi.

Ar-Riyod ortidan Quvayt hukumati ham iyunda neft qazib olish hajmini kamaytirishini e’lon qildi. Quvayt neft qazib olishni OPЕK+ kelishuvidagi majburiyatiga qo‘shimcha ravishda sutkasiga 80 ming barrelga qisqartiradi.

Shuningdek, BAA ham iyunda neft qazib olishni qisqartiradigan bo‘ldi. Amirliklar neft ishlab chiqarishni sutkasiga 100 ming barrelga kamaytiradi.

OPЕK+ davlatlari 12 apreldagi tezkor videoanjumanda neft qazib olish hajmini qisqartirish bo‘yicha kelishuvga erishgandi. Bu kelishuv may-iyunda neft qazib olish hajmini kuniga 9,7 mln, iyul-dekabrda 7,7 mln, 2021 yil yanvar-2022 yil aprelda 8,8 mln barrelga qisqartirishni ko‘zda tutadi.

Kelishuvga ko‘ra, neft bozoridagi eng yirik ishtirokchilar - Saudiya Arabistoni va Rossiya neft qazib olish hajmini 2,5 mln barreldan, boshqa ishtirokchilar esa 2018 yil oktabrdagi darajada qisqartiradi.

20 aprelda jahon birjalarida neft narxining pastlab ketishi xom ashyo bozorini ostin-ustun qilib yubordi. Shu kuni Karib dengizi havzasi hamda Shimoliy Amerikada qazib olinadigan WTI navidagi neftning 1 barreli mutlaqo kutilmagan holda -40 dollargacha tushib ketdi.

22 aprelga kelib narxlar biroz «o‘ziga keldi». WTI navli neftning bir barreli 11,47 dollarga ko‘tarildi, Brent navli neftning 1 barreli 16 dollarga arzonlashdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistoni, Quvayt va BAA neft qazib olishni yanada kamaytiradigan bo‘ldi