19:26 / 12.05.2020
5 061

Rim papasi barchani ro‘za tutishga chaqirdi

Rim papasi barchani ro‘za tutishga chaqirdi
Misrdagi Insoniy birodarlar birlashmasi Dinlararo Oliy qo‘mitasi barcha din vakillarini 14 may kuni Ramazon ro‘zasini tutishni taklif qildi. Bu taklifini qo‘llab-quvvatlab, Rim papasi Fransisk katoliklar va barcha dinlarga mansub odamlarni Ramazonda bir kun ro‘za tutishga va pandemiyaga barham berish uchun Xudoga duo qilishga chaqirdi.

Butun insoniyat Xudodan insonlarga koronavirus pandemiyasini yengishda yordam berishini so‘rashlari kerak“, deydi Rim papasi Fransisk.

Dinlararo Oliy qo‘mitaning ushbu taklifini Papadan tashqari Misrning Al-Azhar universiteti Imomi Ahmad al-Tayab ham olqishladi. Imom, shuningdek, dunyodagi barcha odamlarni ushbu pandemiyani to‘xtatish maqsadida Alloh uchun ibodat qilishga va xayriya ishlari bilan shug‘ullanishga chaqirdi.

Papa Fransisk nima dedi?
Ibodat umumbashariy qadriyat bo‘lganligi sababli, 14-may kuni qo‘mitaning barcha dinlardagi imonlilarni birlashishga chaqirganini olqishlayman. Ushbu kunda Ramazon ro‘zasini tutishga, xayriya qilishga va insoniyatga koronavirus pandemiyasini yengishda yordam berish uchun Xudoga duo qilishga chaqiraman“, deydi Papa.

Rim papasi Fransiskning yordamchisi Monsenor Yoannis Laxzi Gayd, 14 mayni tarixiy kun deb atadi. Laxzi Gayd Misrdagi Dinlararo Oliy qo‘mitaning a’zosi va ruhoniysi hisoblanadi.

Ushbu kunda butun insoniyat birinchi marotaba yagona maqsad uchun birlashdi. Har bir inson o‘z e’tiqodiga ko‘ra birga ibodat qiladi, bu kunda Xudoga bo‘lgan iymon bir-biridan farq qilmaydi, balki birlashishidan dalolat beradi“, deydi Gayd.

Uning fikricha, virus barcha odamlarni birlashishga, bir maqsad yo‘lida harakat qilishga o‘rgatdi. Gayd, ushbu muammolardan birdamliksiz chiqib ketish mumkin emasligini qo‘shimcha qildi.

Virus bizni zaifligimizni va birodarlar sifatida birlashish zarurligini anglashga majbur qildi. Biz bu muammolardan alohida chiqa olmaymiz. COVID-19 barchamizni tiz cho‘kishimizga majbur qildi. Ammo tiz cho‘kish ibodat qilish uchun eng yaxshi imkoniyatdir”, deydi Gayd.

Ma’lum qilinishicha, Rim papasi Fransisk va Insoniyat qardoshligi oliy qo‘mitasining insoniyatni birlashtirish borasidagi sa’y-harakatlari butun dunyoda dinga asoslangan kamsituvchi amaliyotlarga barham berishi mumkin. Qo‘mitaning ta’kidlashicha, odamlar olimlarni vaksina topishini duo qilib so‘rashi kerak.

Jahon rahbarlari chaqiriqni qo‘llab-quvvatlamoqda
Rim papasi Fransiskning Ramazon oyida ro‘za tutishga chaqirishi dunyo miqyosida qo‘llab-quvvatlandi. Dunyo yetakchilari, shu jumladan BAA shayxi Muhammad bin Zayd An-Nahyan, Livan Prezidenti Mishel Aun ham bu chaqiriqni qo‘llab-quvvatladilar. Bundan tashqari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti rahbari Antonio Guterrish ham 14 may kuni Papaning chaqiruvini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, u “insoniyat uchun duo qilishda“ qatnashishini ma’lum qildi.

Qiyin kunlarda biz tinchlik, insoniyat va hamjihatlik uchun birgalikda turishimiz kerak“, deydi Guterrish .
Shu bilan birga, Konstantinopolning ekumenik patriarxi Bartolomey ham bu chaqiriqni qo‘llab-quvvatladi. U o‘zi rahbarlik qiladigan diniy jamoani ushbu kunda Ramazon ro‘zasini tutib Xudoga duo qilishga chaqirdi.

Insoniy birodarlar birlashmasi Dinlararo Oliy qo‘mitasi
Birlashgan Arab Amirliklari o‘tgan yili barcha dinlarning eng yaxshi a’zolaridan tashkil topgan Oliy qardoshlik qo‘mitasini tuzishga yordam bergan edi. Qo‘mita maqsadi Insonning qardoshligi to‘g‘risidagi hujjatlarda ko‘zda tutilgan prinsiplar va qadriyatlarni qo‘llashdir. Hozirda Ispaniya, Italiya, BAA, Angliya, Bolgariya, Misr, AQSH va Liberiyadan 11 a’zosi bor. Bundan tashqari, qo‘mita maqsadlariga dinlararo aloqalar orqali erishishga intiladi. Qo‘mita diniy dunyo yetakchilarini “o‘zaro hurmat va tinch-totuv yashash qadriyatlarini qo‘llab-quvvatlash va tarqatish“ ga chaqiradi.

Ta’kidlanishicha, ayni paytda, Rim papasi Fransiskning Ramazon oyida ro‘za tutishga da’vat qilishi islomofobiyaga qarshi turishi mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda, Islomofoblar koronavirusdan dunyo bo‘ylab musulmonlarni yomon ko‘rsatish uchun foydalanishgan.

Nurulloh Sharipov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rim papasi barchani ro‘za tutishga chaqirdi