21:50 / 12.05.2020
3 782

Tojikistonda virus yuqtirganlar soni 700dan oshdi

Tojikistonda virus yuqtirganlar soni 700dan oshdi
Tojikistonda oxirgi bir kun davomida yana 68 kishida koronavirus aniqlangan. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligiga asoslanib «Aziya-Plyus» xabar bergan.
Endilikda Tojikistonda virus yuqtirganlar soni 729 nafarga yetdi.

So‘nggi bir kun davomida yana ikki kishi virus sabab halok bo‘lgan va jami o‘lim holatlari soni 23tani tashkil etmoqda.
O‘z navbatida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Tojikistonni yanada og‘ir holatlarga tayyor turishga chaqirgan.

«Tojikiston kasallik odamlar orasida tarqalish bosqichiga o‘tdi. Kasallik yuqtirganlar dinamikasi ularning soni har ikki-uch kunda ikki baravarga ko‘payayotganini ko‘rsatadi. Tojikistonda koronavirus tarqalishining yanada yomonroq ssenariysiga tayyor turish vaqti keldi.

Barcha ko‘chalarni xlorli suv bilan yuvish shart emas. Oddiy gigiyena qoidalariga, masalan chiqindini vaqtida chiqarib tashlashga amal qilish kifoya», deyiladi JSST ishtirokida o‘tkazilgan onlayn-brifingda.

Eslatib o‘tamiz, Tojikistonda koronavirus kirib kelgani ilk marta 29 aprel kuni e’lon qilingandi.
Bundan oldinroq O‘zbekiston Tojikistonga koronavirusga qarshi kurashda yordam sifatida tibbiy konteynerlar va shifokorlar guruhini yuborgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistonda virus yuqtirganlar soni 700dan oshdi