10:09 / 13.05.2020
4 712

Nyu-Yorkdagi plyajda dumida tishlari bor sirli mavjudot paydo bo‘ldi (video)

Nyu-Yorkdagi plyajda dumida tishlari bor sirli mavjudot paydo bo‘ldi (video)
Foto: UPI
AQSHning Nyu-York shahrida yashovchi fuqarolar dengiz qirg‘og‘ida dumida tishlari bor sirli mavjudotni videoga tushirdi, deb yozadi Daily Star.

Mavjudot ilk marta Liya Dennison tomonidan payqaldi. U sevgilisi bilan Brayton-Bichda aylanib yurgan edi. Shunda sohilda noodatiy mavjudot ko‘rindi. Amerikalik ayol uni videoga tushirib internetga joyladi. U kimdir bu qanday mavjudot ekanligini aniqlashiga umid qilgandi.

Videoda tishni eslatuvchi tikanli, uzun dumga ega bo‘lgan mavjudotni ko‘rish mumkin.

Dennisonning tanishlaridan biri jonivorning dengiz tulkisi ekanligini taxmin qildi. Biroq bunday mavjudotlar Atlantika okeanining sharqiy qirg‘og‘i, Islandiya, Norvegiya va Janubiy Afrika Respublikasida yashaydi.

Sirli mavjudot esa okeanning g‘arbiy sohilidan topilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nyu-Yorkdagi plyajda dumida tishlari bor sirli mavjudot paydo bo‘ldi (video)