11:50 / 13.05.2020
3 170

AQSHda koronavirus bilan kasallanish holatlarining o‘sishi haqida maxfiy ma’lumotlar tarqaldi

AQSHda koronavirus bilan kasallanish holatlarining o‘sishi haqida maxfiy ma’lumotlar tarqaldi
Foto: Getty Images
NBC News nashri Oq uy tomonidan e’lon qilinmagan AQSHning kichik shaharlarida koronavirus bilan kasallanganlar sonining o‘sgani haqidagi maxfiy ma’lumotlarni e’lon qildi.

Ushbu ma’lumotlar AQSH prezidenti Donald Trampning 7 maydagi mamlakatda koronavirus bilan kasallanish holatlari kamayayotgani haqidagi bayonotiga mos kelmaydi.

Hujjatlardagi jadvallar, tahliliy ma’lumotlarga asosan o‘nlab hududlarda kasallanish holatlari ko‘payib, 72,4 foiz, ya’ni bir hafta avvalgi ko‘rsatkichdan keskin o‘sgan. Xususan, Neshvill shtatining Tennessi, Ayova shtatining De-Moyn, Texas shtatining Amarillo shaharlarida keskin o‘sish kuzatilgan. Kasallanishning rekord darajadagi ko‘payishi Kentukki shtatining Sentral-Siti shahrida qayd etilgan – 650 foiz. Bundan tashqari, Sharlott va Kanzas-Sitida ham kasallanish ko‘rsatkichi 200 foizga ortgan.

Koronavirusga chalinish bo‘yicha ko‘rsatkichlar AQSHda pandemiyaning aholi ko‘p katta hududlaridan tashqarida ham avjiga chiqayotganidan darak bermoqda. Koronavirus pandemiyasi kuchayib borayotganiga qaramay mamlakatdagi ayrim shtatlar ish rejimiga qaytmoqda. Karantin cheklovlarni yumshatgan dastlabki hududlardan biri – Jorjiya shtati bo‘ldi.

Avval Financial Times gazetasi Rossiyada COVID-19’dan vafot etganlar soni rasmiy ma’lumotlardagidan 70 foizga ko‘proq bo‘lishi mumkinligini qayd etgandi. JSST vakili Melita Vuynovich RFda sun’iy ravishda koronavirusdan o‘lganlar sonini kamaytirib ko‘rsatish holatlari kuzatilmaganini ta’kidlagan.

12 may holatiga ko‘ra, AQSHda 1,35 million kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. 80,6 ming nafar bemor kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumgan, 233 ming kishi koronavirusdan tuzalgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda koronavirus bilan kasallanish holatlarining o‘sishi haqida maxfiy ma’lumotlar tarqaldi