16:50 / 13.05.2020
1 867

Twitter xodimlariga “bir umrga” masofadan turib ishlashga ruxsat berdi

Twitter xodimlariga “bir umrga” masofadan turib ishlashga ruxsat berdi
Twitter Incning koronavirus pandemiyasi sharoiti tufayli masofadan turib ishlayotgan xodimlari ushbu rejimga doimo amal qilishi mumkin, deya ma’lum qildi kompaniya.

So‘nggi bir necha oy shuni ko‘rsatdiki, biz ushbu tartibda (masofadan turib) bemalol ishlay olamiz. Agar uyda ishlayotgan xodimlarimizni ushbu sharoit qoniqtirayotgan bo‘lsa va ular kelgusida ham masofadan turib ishlashni davom ettirmoqchi bo‘lsa, buni amalga oshirsa bo‘ladi“, — deyiladi kompaniya tarqatgan axborotda.

Shuningdek kompaniya o‘z ofislari eshigini sentabrda ochishini ma’lum qildi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 4 million kishidan oshgan, 278 mingdan ortiq bemor vafot etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Twitter xodimlariga “bir umrga” masofadan turib ishlashga ruxsat berdi