17:47 / 13.05.2020
3 650

Ular nega AQSH fuqaroligidan voz kechyapti?

Ular nega AQSH fuqaroligidan voz kechyapti?
Joriy yilning ilk choragida xorijiy mamlakatlarda yashaydigan 2909 nafar amerikalik o‘z ixtiyoriga ko‘ra AQSH fuqaroligidan voz kechdi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar bermoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, 2019 yilning oxirgi choragida 261 (yil davomida jami 2072) kishi AQSH fuqaroligidan voz kechgan, 2020 yilning ilk uch oyida esa bu ko‘rsatkich keskin ortdi.

Mutaxassislarning fikricha, qo‘sh fuqarolikka ega va xorijiy mamlakatlarda yashaydigan amerikaliklar koronavirus pandemiyasi oqibatida soliq yukining ortishi tufayli AQSH pasportining bahridan o‘tyapti.

Chet elda yashaydigan amerikaliklar ham xorijiy banklardagi hisobraqamlari va investitsiyalari haqida ma’lumot berishi, shunga binoan soliq to‘lashi kerak. AQSHga qaytishni o‘ylamayotganlar bu yukdan xalos bo‘lish yo‘lini tanlayapti.

Dunyoning turli davlatlarida qariyb 9 million amerikalik yashaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ular nega AQSH fuqaroligidan voz kechyapti?