09:45 / 14.05.2020
3 158

Fransiyada yarim milliondan oshiq tuxum do‘konlardan olib qo‘yildi

Fransiyada yarim milliondan oshiq tuxum do‘konlardan olib qo‘yildi
Foto: «Twitter.com»
Fransiyada do‘konlarga sotilgan qariyb 500 mingdan ortiq tuxum salmonellyoz xavfi tufayli qaytarib olindi, deya xabar berdi chorshanba kuni «BFMTV» telekanali.

Gap o‘rtacha kattalikdagi 535300 ta tuxum haqida bormoqda. Har bir tuxumga 3FRMDB08 kodi tushirilgan. Ularning iste’molga yaroqlilik muddati 14 may kuni tugaydi. Mahsulot Fransiya janubi-g‘arbidagi Landa boshqaruvidagi fermada tayyorlangan.

Zararlanishi mumkin bo‘lgan tuxum Matines, Eco+, Netto, Top Budget markalari ostida yoki aniq brendlarsiz Atac, Auchan, Carrefour, Système U, Intermarché va E.Leclerc tarmoqlari orqali tarqatilgan.

Salmonellyoz – hazm qilish a’zolariga zarar yetkazuvchi jiddiy infeksion kasallik. Salmonella tuxumga kira oladi. Shu bois uni iste’mol qilganda kasallikni yuqtirib olish xavfi ortadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiyada yarim milliondan oshiq tuxum do‘konlardan olib qo‘yildi